Parrandachilik mahallasi fuqarolarining muammolari tinglandi

Samarqand tumani hokimi, sektor rahbarlarining navbatdagi sayyor qabuli Parrandachilik mahallasida bo‘lib o‘tdi.
Qabulda fuqarolarni ichimlik suvi muammosi qiynayotgani ma’lum qilindi. Tuman hokimi mazkur muammoni atroflicha o‘rganish uchun ishchi guruhi tuzilishi, uning yechimi borasida tegishli takliflar ishlab chiqilib, amalga tatbiq etilishini bildirdi.

Shuningdek, elektr energiyasi, yo‘llarni ta’mirlash masalalariga ham to‘xtaldi. Yangi mahalla fuqarolar yig‘ini binosini foydalanishga topshirish ishlarini ham jadallashtirish yuzasidan mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi.

Qabul davomida bildirilgan murojaatlardan kelib chiqib, ushbu mahalladagi har bir xonadon vakillari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi belgilandi. Murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM