Tumandagi axborot-kutubxona markazi 400 ta yangi kitob bilan ta’minlanadi

-  16 ming 778 ta kitob fondiga ega axborot-kutubxona markazida 5200 ta badiiy adabiyotlar, 1120 ta ijtimoiy-siyosiy va boshqa turdagi kitoblar tuman aholisiga xizmat qilmoqda, - deydi tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizova matbuot anjumanida. – Bundan tashqari tumandagi 7 ta mahallada hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 54 ta kutubxona mavjud. Mazkur maktablarda mavjud kutubxonalarda 1-11-sin o‘quvchilari uchun o‘zbek, rus va tojik tillarida badiiy adabiyotlar 71 ming 701 tani tashkil etadi.

Tumanning Xo‘ja Ahrori Vali mahallasida “Yosh kitobxon” maskani hamda “O‘qituvchi” brendi ostida kitobxonlar uchun yengil konstruksiyali “Markaziy kitob olami” majmuasi tashkil etildi. Yil yakuniga qadar axborot-kutubxona markazi 15 million so‘mlik 400 ta kitob bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” Qarori ijrosini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirishga maqsadida “Yosh kitobxon” Respublika tanlovining tuman bosqichida 3 yosh toifasida 751 nafar, “Zukko kitobxon” intellektual o‘yinida 1253 nafar, “Mushoira” tanlovida 752 nafar yoshlar ishtirok etgani, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishlari yanada oshirishga xizmat qildi.


 

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM