Hokim o‘rinbosarlari qabul o‘tkazdi

Viloyat hokimining joriy yil 4-avgustdagi 07-01/1360-sonli reja-jadvali asosida Samarqand tumani hokimining o‘rinbosarlari va ularning majmualari tarkibidagi tashkilotlar rahbarlari bilan mahallalarda uchrashuv o‘tkazish belgilangan. Unga ko‘ra, har bir hokim o‘rinbosari 4 ta sektordagi mahallalarda aholi muammolarini o‘rganadi, ular bilan uchrashuvlar tashkil etadi.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Bo‘zi mahallasida tashkil etildi. Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs Gʻaniyev aholi murojaatlarini tingladi. Ularga ijobiy yechim topish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, tuman hokimining qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Abdullayev Gulbog‘ mahallasida sayyor qabul tashkil etdi. Unda fuqarolarni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Masalan, Maysara Muhammadiyeva suyiltirilgan gaz ballonlarining o‘z vaqtida yetib kelmasligi turli qiyinchiliklarga sabab bo‘layotganini ta’kiladi. Ushbu muammo joyida bartaraf etildi. Shuningdek, mahalladagi 5 ta kam taminlangan oilalarga gaz ballonlari bepul tarqatiladigan bo‘ldi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM