Samarqand tumanida 59 ta mahalla suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadi

Samarqand tumanidagi 59 ta mahallada 24 331 ta xonadon suyultirilgan gaz iste’molchilari istiqomat qilishadi. Ular 36 911 dona maishiy gaz ballonlaridan foydalanadi.

Iste’molchilarga suyultirilgan gaz mahsulotlarini o‘z vaqtida yetkazib berish  “Samarqandtumangaz” bo‘limining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib, har kuni tumanning 2 ta mahallasida yashovchi iste’molchilarga 1 065 ta maishiy gaz ballonlarida 21 300 tonna suyultirilgan gaz mahsulotlari yetkazib beriladi.

Aholini suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida qondirish maqsadida, tumanda 5 ta “ISUZU” avtomobili jalb etilgan.

O‘tgan 7 oy davomida tumandagi iste’molchilarga 3 206,8 tonna mahsulot yetkazib berildi. Shuningdek, tumanda 42 ta ijtimoiy soha obe’ktlari ham munazam suyultirilgan gaz bilan ta’minlanib kelinmoqda.

Mahsulotni iste’molchilarga yetkazishda tumanda filialining 12 nafar ishchi-xodimlari mehnat qilishyapti.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM