Matbuot anjumanida 5 ta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Unda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yiao‘rinbosari Dilfuza Azizova ishtirok etdi.
Ta’kidlaganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 19-yanvardagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shu asosda tumandagi 16-30 yoshdagi 51 ming 567 nafar yoshlardan 49 ming 472 nafari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Yoshlar balansi” elektron platformasiga kiritildi.
Yoshlarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlash, bilim olish va kasb o‘rganishga ishtiyoqi baland bo‘lgan ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha “Yoshlar daftari” elektron platformasi ham shakllantirilgan. Bu boradagi ishlar yo‘nalishlar kesimida “Yoshlar daftari”ga 1536 ming nafar yoshlar kiritilib, ulaning 1480 nafariga amaliy yordam ko‘rsatildi. Xususan, 236 nafar yoshlarga subsidiyalar,5 nafar yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratildi. Shuningdek, 18 nafar yoshlar doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi,82 nafar yoshlarning safarbarlik chaqiruv rezervi uchun xarajatlari to‘lab berildi.
Bundan tashqari joriy yilning aprel-may oylarida besh bosqichli besh tashabbus olimpiadasi doirasida qator tadbirlar tashkil etildi. Masalan, tumanda yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish bo‘yicha 6150 nafar yoshlar qamrab olingan bo‘lib, 302 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Shuningdek, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha 8890 nafar yoshlar qamrab olindi. Buning uchun 151 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil yetish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Va bu jarayonlar ayni kunlarda ham keng ko‘lamda amalga oshirilib kelinmoqda.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM