Hokim o‘rinbosarlari fuqarolarni qabul qildi

Samarqand tumani hokimi o‘rinbosarlari mahallalarda aholi bilan uchrashib, ularning murojaatlarini o‘rganmoqda. Shu maqsadda tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Baratova Nurafshon hamda Chumchuqli mahallalarida sayyor qabul o‘tkazdi.

Nurafshon mahallasida 13 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Mutasaddilar ishtirokida har bir murojaat atroflicha o‘rganildi va ularning ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Azizova ham Zaxlik mahallasi fuqarolarining muammolarini tingladi. Har bir murojaat ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM