Samarqandda ustozlar bayrami turizm markazidagi Kongress-xollda o‘tkaziladi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” kuni munosabati bilan Samaqanddagi Kongress-xollda bayram bo‘lib o‘tadi.

Tadbir doirasida yurtimizning barcha hududlaridan kelgan mehmonlar Samarqandning diqqatga sazovor joylarini ham borib ko‘rishadi, tarixiy obidalar bo‘ylab maxsus sayyohatlar tashkil etiladi. Shuningdek, “Boqiy shahar” majmuasi ham tashrif buyuruvchilar e’tiboridan chetda qolmaydi.
Tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha tashkiliy masalalar, xususan, respublikadan tashrif buyuradigan ishtirokchilarni temiryo‘l vokzalida tantanali kutib olish, ularni kompleksdagi zamonaviy mehmonxonalarga joylashtirish, sanitariya-gigiyena va xavfsizlik bo‘yicha zarur choralar ko‘rilgan.

Bu Prezidentimizning barcha o‘qituvchi va pedagoglar, ustozlarga bo‘lgan yuksak hurmati ifodasidir.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM