Qabulda berilgan topshiriqlar tahlil qilindi

“Parrandachilik” mahallasida tashkil etilgan sayyor qabulda dastlab, joriy yilning 4 avgust kuni shu mahallada o‘tkazilgan qabulda kelib tushgan murojaatlar ijrosi tahlil qilindi.
Xususan, mahallada ishsizlikni kamaytirish, aholi bandligini ta’minlash maqsadida ishsiz fuqarolarga subsidiya va imtiyozli kredit ajratish masalasi ko‘tarilgan edi. Bugungi kunda 1 ta inkubator uskunasi, 2 ming 900 ta xonaki tovuq, 49 bosh qo‘y va 46 ta quyon yetkazib berilgan. Shuningdek, mahalla fuqarolari uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ko‘rik davomida 181 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 15 nafari statsionar sharoitda davolanish uchun yo‘llanma berildi.
Tuman hokimi kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tdi. 
Mahalla hududidagi 1,2,3 va 13 ikki qavatli uy-joylarda kanalizatsiya o‘tkazilgan ammo tarmoqqa ulash ishlari bajarilmagan. Mazkur ishlarni bir kun ichida boshlash va yakuniga yetkazish borasida tegishli tashkilot rahbarlariga topishiqlar berdi.
Shundan so‘ng qabulga kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Unda mahalla yoshlari uchun sport maydonchasi qurish masalasi ko‘tarildi. Bu borada tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi. Shuningdek, mahallada jinoyatchilikni oldini olish, uning og‘ir oqibatlari ham muhokama qilindi.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM