Oftobni uyg‘otgan ayollar

Qishloq ayollarining zaxmatkash mehnati, har qanday sharoitda oila yumushi, ro‘zg‘or muammosi, farzand tarbiyasidagi irodasi dunyo hamjamiyatining e’tirofiga loyiq bo‘lishida asoslidir. Hatto eng rivojlangan davlatlarda ham ular uy ishlaridan ortib dala yoki o‘z tomorqasida mehnat qiladi, aholi uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga hissa qo‘shadi. Bugun ular sha’niga har qancha go‘zal ta’rif aytsak, oz.

Tuman hokimligida qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlarni yanada rivojlantirish, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, fan va texnologiyalarning ilg‘or yutuqlarini joriy etish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish orqali dehqonlar daromadini ko‘paytirish borasida samarali mehnat qilayotgan ana shunday ayollarning bir guruhi e’tirof etildi.

“15-oktyabr - Halqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Sirojiddin Usmanov mehnati bilan e’tibor qozonayotgan ayollarni samimiy tabrikladi. Ularga faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM