Tumandagi dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, bozor tushumlari rejasi bajarilishi, narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Image_tadbir: 

Samarqand tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Firdavs Gʻaniyev ishtirokida o‘tgan ochiq muloqotda shu savolga javob topildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 253-sonli qarori bilan bozorlarni tashkil etish tartibi belgilab qo‘yilgan. Bugungi kunda tumanda jami 74 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib, 2022-yil 1-iyun holatiga jami aholi soni 264,1 nafarni tashkil etmoqda. Tumanda jami 10 dan ortiq yirik oziq-ovqat savdo do‘konlari hamda mahallalarda 100 dan ortiq savdo do‘konlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu savdo do‘konlarida onlayn nazorat kassa mashinalari va to‘lov terminallari mavjud.  
“Gulobod yogoch” MCHJ savdo majmuasi xududining yer maydoni 60000 kv.metrni tashkil etadi. MCHJ hududidagi savdo shahobchalari va savdo rastalarida faoliyat yuritayotgan 105 ta xo‘jalik yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlarining 65 tasi aylanmadan olinadigan soliq, 28 tasi qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi.
“Samarqand innovasion avtomobillar bozori” MCHJ savdo majmuasining yer maydoni  40 012 kv.metrni tashkil etadi. Majmua xududida turg‘un savdo shaxobchalari mavjud emas. “Samarqand innovasion avtomobillar bozori” MCHJ-da 14 nafar ishchi xodim faoliyat ko‘rsatadi. Majmuada o‘rtacha avtomobillar sig‘imi 2000 tani tashkil qiladi. Bozor hududi 56 ta kuzatuv kamera va 11 ta kolonkali radio uzel  bilan jixozlangan. Bozor hududida 8 ta favqulotda chiqish yo‘li mavjud.
Tumanimizda narx navolarni barqarorligi yuzasidan kunlik nazorat va monitoring o‘tkazililib kelinmoqda.
Bozorlarda bundan tashqari mahalla fuqarolar yig‘inlarida arzon qishloq xo‘jalik yarmarkalari o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, kartoshka 3000-3600 so‘m, sabzi 1800-2000 so‘m, piyoz 1700-1900 so‘m, pomidor 3000-5000 so‘m, bodring 2500-5000 so‘m, karam 800-1100 so‘mdan sotilmoqda. Bundan tashqari 2022-2023 yil qish va bahor mavsumiga xududiy tayyorlov tashkilotlari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zahiraga jamg‘arish bo‘yicha tumanda 22 ta zaxira qiluvchi tashkilotlar tomonidan jami 1 250 tonna kartoshka, 600 tonna piyoz, 400 tonna sabzi hamda 450 tonna guruch maxsulotlari zaxirasi yaratilmoqda.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM