Navbatdagi o‘quv soati o‘tkazildi  

Tuman hokimligining majlislar zalida apparat xodimlari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati o‘tkazildi.
Unda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Nodir Mo‘minov davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari  ma’lumot berdi.
Ta’kidlanganidek, Qoidaning 2-bandiga Davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi shart.
Qonuniylik - Vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoyilik, yuklangan funksional vazifalarini to‘liq bajarish, ijro intizomiga qat’iy rioya etish, adolatlilik, halollik va xolislik, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va qarshi kurashish, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik kabi vazifalar bugun har bir xodimning asosiy ish faoliyatiga aylanio‘shi shart.
Shuningdek, 3-bandida Davlat xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim. Xususan, davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilish, mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish, murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish, xushmuomalalik, e’tiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish, fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qat’i nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo‘lish zarur.
O‘quv soati davomida shu va boshqa masalalar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi.

 

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM