Matbuot anjumanida tuman hududida yo‘l va kommunikasiya tarmoqlarini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida fikr almashildi.

Bu borada tuman hokimning qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Abdullayev so‘z yuritdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi PQ-249-sonli qarori asosida 16 ta mahaladagi 16 ta ichki ko‘chalarning 10 km qismi beton ko‘chaga aylantirildi. Mahallalardagi 5 ta markaziy ko‘chalarning me’moriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirsh yuzasidan mahalladagi asosiy ko‘chalarning 3,5 km dan ortiq qismida salomatlik yo‘laklari qurildi. 70 dan ortiqroq tungi yoritish chiroqlari bilan ta’minlanib, jami 4 milliard 200 million so‘mlik mablag‘lar yo‘naltirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-172 sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha tumandagi Qoziqo‘rg‘on va Do‘stlik mahallalarida 2,0 km beton, 5.3 km asfalt va 7,7 km shag‘al ko‘cha qilindi. Shuningdek, yana 9 ta mahallaning 8,6 km qismi asfalt, beton va shag‘al ko‘chaga aylantirildi. Tumandagi og‘ir mahalalarning yo‘l infratuzilmalarni yaxshilash maqsadida tuman hokimligi, korxona va tashkilotlar, tashabuskor tadbirkorlar va hashar yo‘li bilan 17 ta MFYdagi ichki ko‘chalarning 24,1 km qismi shag‘altirildi hamda 4 ta MFYdagi 4 ta ko‘chaning 2,3 kmda asfaltlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Joriy yil yakuniga qadar tuman Obodonlashtirish boshqarmasining yillik smeta mablag‘lari asosida Dehnav mahallasi “Mustafo” ko‘chasi 0,3 km qismi va Oqmachit mahallasining “Xalil Sulton” ko‘chasi 0,2 km qismi asfalt qoplamasi bilan qoplash rejalashtilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-408-sonli qarori asosida tumandagi 11 ta mahallaning ichki ko‘chalari, ya’ni 22,4 km qismini asfaltlashtirish rejalashtirilgan.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM