Samarqand tumanidagi 5 ta mahallada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlariga barham berildi

Samarqand tuman hokimligi tomonidan tuzilgan maxsus ishchi guruh mahallalarda aholining tabiiy gazdan to‘g‘ri foydalanish holatlarini o‘rganmoqda.
Dastlab Chumchuqli mahallasida yig‘ilgan ishchi guruhining vazifalari tuman hokimi S.Usmanov va sektor rahbarlari tomonidan tushuntirib berildi. Shundan so‘ng o‘rganish ishlari viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, tuman ichki ishlar bo‘limi va qator hamkor tashkilot vakillari bilan birgalikda tumandagi Pulimug‘ob, Chumchuqli, Rajabamin, “Rustam” va Badal mahallalarida davom etib, gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan, 200 dan ortiq xonadonlar o‘rganilib, gaz uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish uchun 137 marotaba ogohlantirish berildi. Bitta holatda gazdan noqonuniy foydalanish aniqlandi. Mazkur holatlar yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko‘rildi.

Mahalla aholisi o‘rtasida yong‘in, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, is gazidan zaharlanish va boshqa ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish borasida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM