Hududda aholini gaz bilan ta’minlash holati: sohadagi muammo va kamchiliklar

Samarqand tuman gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Suxrob Bobolov ishtirokida o‘tgan matbuot anjumani shu mavzuda bo‘ldi.
Ta’kidlandiki, Samrqand tumanini tabiiy gaz bilan ta’minlashda 6 ta GTS lar orqali tabiiy gaz olish orkali foydalaniladi. Aholi  iste’molchilarini tabiiy gaz bilan  bir me’yorda ta’minlash maqsadida tumanda 508 ta GTQ lar mavjud bo‘lib, shundan 67 donasi yuqori bosimdagi va 441 donasi o‘rta bosimdagi GTQ larni tashkil qiladi. Hozirgi kunda GTQ larning barchasi reja asosida ta’mirlanib, kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor holga keltirilgan.
Toyloq tumanining Qo‘rg‘oncha mahallasida joylashgan “Tayloq-1” GTS Samarqand tumanining 2-sektorida joylashgan mahalalar va Samarqand shahar Kaftarxona mahallasi aholi va ulgurji iste’molchilariga tabiiy gaz yetkazib beradi. Samarqand tumanining Navbog‘ mahallasida joylashgan “Samarqand-6” hamda “Samarqand-1” GTSlari tumanning 3-sektoridagi aholi va ulgurji iste’molchilariga tabiiy gaz yetkazib beradi. Samarqand tumanining Yangiobod mahallasida joylashgan  “Shimoliy” GTS tumanning 3-sektoriga karashli Yangiobod, O‘zbekkenti va Korasuv mahalalari aholisi va ulgurji iste’molchilariga tabiiy gaz yetkazib beradi.
Samarqand tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan Samarqand tumanidagi 32 mahallada mavjud  22 ming 437 nafar aholi va 363 ta ulgurji tabiiy gaz iste’molchilariga  kuz-kish mavsumida tabiiy gaz yetkazilib berilmokda. Tabiiy gaz iste’molchilarining gaz buyicha hisob-kitoblarni avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish maqsadida tumanda jami 21 ming 854 dona zamonaviy elektron gaz hisoblagichlari o‘rnatilishi kerak edi. Shundan bugungi kunga qadar 21 ming 915  dona o‘rnatildi. 2023 yil birinchi choragida qo‘shimcha yangi qurilgan xonadonlar hisobidan yana 337 dona zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.
Samarqand tuman gaz ta’minoti bo‘limiga 2022 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami bo‘lib 822 ta murojaat kelib tushgan. Shundan barcha murojaatlar nazoratga olinib, 726 nafar murojaatchiga ijobiy choralar ko‘rilgani to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilgan. 63 nafar murojaatchiga tushuntirish ishlari olib borilgan, 31 nafar murojaatlar ijro holatida bo‘lgan  va 1  nafar murojaat rad etilgan. Joriy yilning birinchi choragidan boshlab, aholi xonadonlari va ulgurji iste’molchilarga to‘liq elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatishni tugatilishi hisobidan noqonuniy ulanishlarga barham berish rejalashtirilgan. Tumanda IIB, FVV, prokuratura, mahalla fuqrolar yig‘inlari vakillari va bo‘lim xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruhlar yordamida tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash, is gazidan zaharlanishlarni oldini olish, yong‘in kelib chiqish holatlarini oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari oli borilmoqda.
Bo‘lim xodimlari tomonidan debitor qarzdorligi mavjud aholi xonadonlari va ulgurji iste’molchilarni tegishli hujjatlarini rasmiylashtirgan holda majburiy undirish maqsadida huquqni himoya qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
Samarqand tumanida 42 ta mahalla 31 ming 342 ta xonadon belgilangan reja va jadval asosida, imtiyozli narxlarda har 45-50 kun oraliq vaqtda suyultirilgan gaz bilan ta’minlanib kelinmoqda. Aholiga suyutirilgan gaz yetkazib berish asosan 1 ta GTS va 1ta GTSH orqali amalga oshiriladi. Yetkazib berish uchun 5 ta maxsus ISUZI avtomashinalari mavjud.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM