
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand tumanidagi “Xalq qabulxonasi” mudiri I.Murodov, Samarqand viloyati IIB Faxriylar kengashi raisi S.Adilov, Samarqand tumani IIBning yosh xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir jarayonida ichki ishlar organlari faoliyatlariga doir kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.
Shuningdek, Samarqand tumani “Yoshlar kutubxonasi” jamoasi tomonidan Ichki ishlar organlari faoliyatiga doir chiqarilgan kitoblar qiziqish bilan mutolaa qilinayotganligi, ulardagi qaxramonlarning hayot yo‘llari batafsil yoritib berildi.
Faxriylar tomonidan yosh xodimlarning xizmat olib borish jarayonida fuqarolar bilan o‘zaro muloqoti, xushmuomalada bo‘lishlari, “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi” qoidalariga amal qilishlari bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalari bildirib o‘tildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarimizni kasbiga sadoqat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda dasturul amal bo‘ladi.