Xalq bilan ochiq muloqot qilish, aholining talab va takliflarini o‘rganish, ularning dardlarini tinglash, muammolarni imkon darajasida joyida hal etish. Bu sayyor qabullarning asosiy maqsadi

Xalq bilan ochiq muloqot qilish, aholining talab va takliflarini o‘rganish, ularning dardlarini tinglash, muammolarni imkon darajasida joyida hal etish. Bu sayyor qabullarning asosiy maqsadi sanaladi.

Bugun Samarqand tumani Parrandachilik mahallasida tashkil etilgan sayyor qabulda ham ana shu jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. Unda viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev, tuman hokimi S.Usmanov, sektor rahbarlari xalq dardini tingladi.

Qabulda mahallada ko‘p qavatli uy-joylarning xonadon egalariga mulk huquqini e’tirof etish, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatiga oid kamchiliklar, bolalar nafaqasi tayinlashda amaliy yordam so‘raldi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM