Tumanda yoshlar siyosatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

O‘tkazilgan matbuot anjumanida tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Mahmudov mavzu yuzasidan ma’lumot berdi.
Samarqand tumanida yoshlarga oid davlat siyosati eng ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olingan. Ushbu yo‘nalishidagi tadbirlarni tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib bormoqdamiz.
Hususan, bugungi kunda tuman aholisining qariyb 56,4 foizini yoshlar tashkil qiladi. Xususan, tumanda 141696 ming nafar 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar istiqomat qilib, ularning 65894 nafari 14-30 yoshdagilar hisoblanadi.
Tumanda yoshlar bilan ishlashda quyidagi 4 ta yo‘nalishda tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdamiz. Birinchi yo‘nalish yoshlar bandligini ta’minlash. Ikkinchi yo‘nalish yoshlarga sifatli ta’lim berish, kasb-xunrga o‘qitish va bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilish. Uchinchi yo‘nalish ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda to‘rtinchi yo‘nalishda yoshlarda sog‘lom fikr va dunyoqarashni shakllantirish hamda ularning radikallashuviga yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor berilmoqda.
Xususan, 1178 nafar yoshlarga “Yoshlar daftari” orqali yordam ko‘rsatildi. “Yoshlar jamg‘arma”lariga ajratilgan 3 mlrd.so‘m mablag‘lar hisobidan yoshlarga ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko‘rsatildi. Tumanda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasliklarini oldini olish maqsadida tashkil etilgan profilaktik hisobda turuvchi yoshlar ishtirokida 10 kunlik maxsus dastur asosida “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik yig‘inlari o‘tkazildi.
Joriy yilda Ichki ishlar organlarining profilaktik, probatsiya nazoratiga olingan va tarbiyasi og‘ir tumanimizning 40 nafar yoshlari uchun Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida “Jasorat maktabi” loyihasi tashkil etildi va ular bilan qator ishlar amalga oshirildi.
Yil yakuniga qadar yana 10 nafar yoshlarni harbiy yig‘inlarga jalb etish orqali ularni profilaktika hisobidan chiqarish va qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan.
Ta’kidlash lozimki, tumandagi 14-30 yoshdagi yoshlardan davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj “og‘ir” toifadagi 1728 nafar, “qizil” toifadagi yoshlarning 29 nafari sektor hamda tashkilot rahbarlariga biriktirildi.
Yoshlar yetakchisi boshchiligida yoshlarni taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini hal etish maqsadida, joriy yilda tumanda 160 marotaba “Sektor rahbari va yoshlar” uchrashuvlari o‘tkazildi. Uchrashuvlarda 2490 nafardan ortiq yoshlar qamrab olinib, ular tomonidan ko‘tarilgan 360 ta murojaatlardan 348 tasi joyida bartaraf etildi. 12 ta murojaatlar yo‘l haritasiga kiritildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM