Янгиликлар

Tuman hokimi Sirojiddin Usmanov Qo‘shtamg‘ali mahallasida tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi

Ayni vaqtda tuman hokimi Sirojiddin Usmanov Qo‘shtamg‘ali mahallasida tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Unda Samarqand tumani hududidan o‘tgan M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining 1081-kilometridan 1093 kilometrigacha hamda M-37 A xalqaro avtomobil yo‘lining 0-8-kilometrigacha obodonlashtirish, hududdagi aholi xonadonlari fasad qismini zamon talabi darajasida ta’mirlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, hududda gulzorlar barpo etish, noqonuniy reklama vositalarini olib tashlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

To‘lqin Suvonov Samarqand tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Samarqand tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli terapiya majmuasida tibbiyot xodimlari faoliyatini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlash, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Arabxona mahallasida san'atkorlar

Samarqand tumanida "Yangi O‘zbekiston - inson qadri ulug‘langan yurt" shiori ostida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Arabxona mahallasida tashkil etilgan tadbir doirasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilfuza Raximova, teatr aktyorlari, maqom ansambli xonandalari hamda tuman hokimi Sirojiddin Usmanov barcha yurtdoshlarimizga o'zlarining samimiy tabriklarini yo'lladilar.

Unda poytaxtimizdan tashrif buyurgan san'at va madaniyat namoyondalari xalqimizga xush kayfiyat ulashmoqdi.

Tuman IIB boshlig‘i bitiruvchi yoshlar bilan muloqot qildi

O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bilan tumandagi mahallalarda sektor rahbarlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday uchrashuvlardan biri tumandagi Saxovat mahallasida joylashgan 9-umumta’lim maktabida tashkil etildi. Unda tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Anvar Raxmatov mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi, kasb o‘rganishi muhokama etildi. Tadbir doirasida maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi va kerakli ko‘rsatmalar berdi.

Qo‘shtamg‘alida seminar tashkil etildi

Bosh Qomusimiz xalqimiz huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. Mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllanishida muhim omil bo‘lib kelgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi fuqarolarga erkin va farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda.
Shu kunlarda konstitusiyaga o‘zgartirish kiritish borasida joylarda tashkil etilayotgan seminarlarda shu kabi fikrlar ilgari surilmoqda.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM