Ikkita mahallada 40 ta murojaat o‘rganildi
12.08.2022 - 10:37Tuman hokimi Sirojiddin Usmanov hamda sektor rahbarlarining Sho‘rboicha va Xo‘ja Ahrori Vali mahallalarida o‘tkazgan sayyor qabulida 40 ta murojaat ko‘rib chiqildi.
Dastlab Sho‘rboicha mahallasi yoshlari maktab sport zalidan bemalol foydalanishi, yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda sort to‘garaklarini tashkil etish, buning uchun tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiriga yetarlicha sharoit yaratib berish borasida tegishli topshiriqlar berildi.