Янгиликлар

Joriy yil 4 oyi davomida 25 ta yo‘l-transport hodisasi ro‘yxatga olinib, 5 nafar fuqaro vafot etgan

Bu haqda Samarqand tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Maruf Voxidov navbatdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Samarqand tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tuman hududidagi avtomobil yo‘llarda jinoyatchilik hamda yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash katta e’tibor qaratildi.

“20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tushunchalar berildi

Samarqand tumanidagi 12-son musiqa va san’at maktabi hamda Ravonak kasb-hunar maktablarida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi, mahalla raislari, mahallalardagi hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, og‘ir toifadagi ishsiz yoshlar, mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda tumanda faoliyat yuritayotgan salohiyatli tadbirkorlar ishtirok etdi. 

Samarqand tumanida “Garant bank” ish boshladi

Tumanimizda “Garant bank” aksiyadorlik jamiyatining bank xizmatlari markazi faoliyat boshladi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar bank mijozlarining ko‘payib borayotganini e’tirof etishdi. Tumanimiz fuqarolari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilayotganini ta’kidlashdi.

O‘rtashiq mahallasi Registon ko‘chasida joylashgan mazkur bankda jismoniy va yuridik shaxslarga barcha turdagi bank xizmatlari taqdim etiladi.

Bank xizmatlari markazi haftaning dushanba-juma kunlari 9:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi.

Uch avlod vakillari uchrashdi

Yurtimizda tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini o‘tkazish go‘zal an’anaga aylangan. Bugun galdagi ana shunday uchrashuv Xo‘ja Ahrori Valiy mahallasidagi Nodir Devonbegi majmuasida tashkil etildi.
Ushbu tadbirga yurt ravnaqi, tinchligi, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan keksalar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar taklif etildi. Uchrashuv Xo‘ja Ahrori Valiy mahallasidagi Nodir Devonbegi majmuasini ziyorat qilish bilan boshlandi.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM