Chorshanbe mahallasida namunali seminar tashkil etildi
17.09.2023 - 21:25Samarqand tumani mahallalaridagi beshlik faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, kengashlar, komissiyalar va jamoatchilik tuzilmalari ishlarini jonlantirish bo‘yicha yangicha tizim ishlab chiqildi.
Ushbu tizimni har bir mahallada joriy qilish maqsadida Chorshanbe mahallasida namunali tarzda seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman hokimi, Xalq qabulxonasi mudiri ishtirok etib, joriy yilning o‘tgan davrida mahallada amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida mahalla beshligining hisobotlari tinglandi.