Янгиликлар

Parrandachilik mahallasi fuqarolarining muammolari tinglandi

Samarqand tumani hokimi, sektor rahbarlarining navbatdagi sayyor qabuli Parrandachilik mahallasida bo‘lib o‘tdi.
Qabulda fuqarolarni ichimlik suvi muammosi qiynayotgani ma’lum qilindi. Tuman hokimi mazkur muammoni atroflicha o‘rganish uchun ishchi guruhi tuzilishi, uning yechimi borasida tegishli takliflar ishlab chiqilib, amalga tatbiq etilishini bildirdi.

Tuman rahbarlari Do‘stlikdagi “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Samarqand tumani Do‘stlik mahallasidagi 5-umumta’lim maktabida “Mansur Sifat Qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur ta’mirlash ishlariga 2 milliard 400 millon so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan. Shuningdek, ushbu mahallada yangi 60 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim tashkiloti ham qad ko‘tarmoqda. Mahalla hududi obodonlashtirilib, ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanyapti. Elektr energiyasidagi muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilayotir.

M-39 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining atrofi gulzorga aylantiriladi

Siren gulining balandligi 4 metrgacha bo‘ladi. Ushbu gul 12 oy davomida o‘sib turuvchi xususiyatga ega. Novdalaridan ko‘chat sifatida foydalanish ham mumkin. Ko‘chat ekilgandan so‘ng ildiz otib ketgunga qadar doimiy parvarish zarur.
Navbatdagi seminarda tuman hududidan o‘tgan M-39 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining atrofiga ekilgan ushbu gullarni parvarishlash, yo‘l atroflarini gulzorga aylantirish masalalari to‘g‘risida fikr almashildi.

Urganjiliklarning muammosi yechim topdi

Shu mahallada o‘tkazilgan sayyor qabulda tuman hokimi, sektor rahbarlari mahalla fuqarolarini qiynayotgan muammolar yechimi borasida bosh qotirdi. Qabulda rahbarlarga ichimlik suvi, oqova suv tarmog‘i hamda elektr energiyasidagi muammolar to‘g‘risida murojaatlar bo‘ldi.
Mahalla aholisini uzoq vaqtdan buyon oqova suv tarmog‘idagi nosozliklar qiynab keladi. Bugungi kunga kelib mazkur masala aholining e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

2015-2022 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM