Янгиликлар

Joriy yilda 20 ta yangi oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etiladi

Tuman hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi matbuot anjumanida shu fikrlar bildirildi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning bog‘chaga qamrovini oshirish borasida amalga oshirilgan va navbatdagi ishlarga bag‘ishlangan tadbirda Samarqand tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Orifjon Marupov ishtirok etdi.

Bugun Samarqand tumani 2-sektor mahallalaridagi yoshlar yetakchilariga o'quv seminar tashkil etildi

O'quv seminarda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi tomonidan 2023-yilda yoshlar sohasida amalga oshiriladigan ishlar, yetakchilarning ish samaradorligi hamda KPI ko'rsatkichlarini yaxshilash masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, yetakchilarga yoshlar dasturini ishlab chiqish va ijrosini ta'minlash bo'yicha yo'nalishlar belgilab berildi.

Zafar Karimov, Samarqand tumanlararo ma’muriy sudi raisi: Sudlar faoliyati samaradorligi oshiriladi

So‘nggi yillarda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari sud hokimiyati mustaqilligini hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bilan bir qatorda fuqaro va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish imkonini berdi.
Shu bilan birga “Yangi O‘zbekiston – yangi sud” tamoyili doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish sud-huquq tizimini isloh qilishni jadallashtirishni, sohaga ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etishni talab etmoqda.

Ichki ishlar organlari xalq kasbiy tuzilmasiga aylantiriladi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalq kasbiy tuzilmasiga aylantirish va ularning faoliyatini aholi bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilishga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb madaniyati va xizmat intizomi to‘g‘risida”gi kodeksi tasdiqlandi. Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM