Янгиликлар

Sanoat zonalarida amalga oshirilgan yangi loyihalarga bag‘ishlangan press-tur tashshkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi “Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3607-sonli qaroriga asosan Akademik Mirzayev nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining bino-inshoatlari hamda 1,3 gektar yer maydoni kichik sanoat zonasini tashkil qilish uchun ajratilgan.

Xalq deputatlari tuman Kengashini hududlardagi mavjud muomomlarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi

Matbuot anjumanida Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashi kotibiyat mudiri Abdujabbor Umarov ishtirok etdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari aholi bilan yuzma-yuz muloqotlari, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralarini belgilash, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yo‘llash va uning ijrosini nazorat qilish, doimiy komissiyalar va deputatlik guruhlarining Kengashdagi ishtirokini ta’minlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratmoqda.

Nogironlik aravachalari topshirdi

Xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash bo‘yicha mahallalarda kasanachilik markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Viloyat hokimi o‘rinbosari Zebiniso Raxmanova Samarqand tumanida bo‘lib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Xususan, Qavchinoni bolo mahallasida joylashgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatlik markazi ishchilari bilan uchrashdi.

Samarqand tumanidagi  23-umumta’lim maktabi “Eng yaxshi ekologik maktab” dеb topildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27- mayidagi 434-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan  “Eng yaxshi ekologik maktab” videolavhalar tanlovi tashkil qilindi. 
Tanlov natijalariga ko‘ra, Samarqand tumanidagi 23-umumta’lim maktabi ham  g‘oliblar qatoridan joy oldi. 
 

Haymari poyon mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Qabulda aholining murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.
Xususan, Haymari poyon mahallasidagi yaroqsiz elektr simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish, elektr energiyasini uzluksiz ta’minlash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, Haymari bolo mahallasidagi muammolar ham alohida muhokama qilindi.
Qabulda bildirilgan masalalar yuzasidan tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi, muammolarni o‘z vaqtida yechimini topish zarurligi ta’kidlandi.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM