Respublika Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari B.B.Valiyev boshchiligidagi ishchi guruhi Samarqand tumaniga keldi
26.09.2023 - 22:28Respublika Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari B.B.Valiyev boshchiligidagi ishchi guruhi Samarqand tumanidagi Yangiariq mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.
Bunda tuman hokimi mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyat, qizil toifadan yashil toifaga o‘tkazish, aholi daromadini oshirish, mahalla beshligi faoliyati va boshqa masalalar yuzasidan tushuntirishlar berdi.