Samarqand tumani yo‘lsozlari 20 ming tup ko‘chat ekishdi
21.11.2023 - 11:42“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlarida Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi qarashli korxonalar ishchi-xizmatchilari ham uyushqoqlik bilan ishtirok etishmoqda. Amalga oshirilayotgan ommaviy ko‘chat ekish tadbirlari bois, umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari hududlarida “Yashil belbog‘” barpo etilmoqda. Shu maqsadda bosh boshqarma tomonidan joriy yil kuzgi ko‘chat ekish mavsumida 200 mingdan ziyod mevali, manzarali va terak ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.