Янгиликлар

Tumanda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yerlaridan unumli foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Ushbsu matbuot anjimanida tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sadullo Uzoqov ishtirok etdi.
Ta’kidlandiki, tumanda tomorqa yer egalari soni 51 257 ta bo‘lib, 2975,0 gektar yer maydoni tashkil etadi. Dehqon xo‘jaliklar soni esa 697 ta bo‘lib, 154,5 gektar yer maydoni tashkil etadi.
Ushbu dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari 2024 yilda yer uchastkalarida bahorgi (ertaki) qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilangan.

Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi reabilitologiya va sport tibbyoti ilmiy tadqiqot institutida Koreya Respublikasi Koreya miliiy tibbiyot universiteti (NIKOM) va Samarqand tuman xokimligi hamkorligida o‘zaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda tuman hokimi va soha vakillari Samarqand davlat tibbiyot universitetida xalq tabobatini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdi.

Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga asosan, xalq tabobati aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning qo‘shimcha usuli sifatida tan olindi. Hujjat tabiblarni tibbiyotning ilg‘or yutuqlari bilan tanishtirish, o‘qitish orqali ikki yo‘nalishni uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM