Янгиликлар

Navbatdagi matbuot anjumani tumanda yoshlarni sportga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, dolzarb vazifalarga bag‘ishlandi

Unda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizova ishtirok etdi.
Qayd etildiki, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada prezidentimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan e’tiborni alohida e’tirof etish lozim.

Olti oyda 5173 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonoma rasmiylashtirilgan

Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashining sakson to‘rtinchi sessiyasidan
2023 yilning 6 oyi davomida Samarqand tumani hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, qidiruvda yurgan shaxslarni ushlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida huquqni muhofaza etuvchi organlar, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ta’lim muassasalari, tuman hokimligi, tibbiyot birlashmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Samarqand tumanida birinchi yarim yillikda fuqarolar manfaatini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Ochiq muloqotda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs Gʻaniyev ishtirok etdi.
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi yuzasidan tumanda quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Deputatlar aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish va fuqarolarni sifatli tibbiy xizmatlar bilan ta’minlash, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, shuningdek, bemorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar holati

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM