Bir kunda ikkita mahalla binosi foydalanishga topshirildi
26.11.2022 - 17:57Samarqand tumanidagi Ohalik mahallasida 3727 nafar fuqaro 764 ta xonadonda istiqomad qilishadi. Bugun aholiga zamon talablariga mos xizmat ko‘rsatish uchun 5 xonali mahalla binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov, tuman hokimi S.Usmanov, Xalq qabulxonasi mudiri. I.Murodov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Mahalla homiylar tomonidan 300 million so‘m evaziga qurib bitkazildi.