Янгиликлар

Tuman aholisi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror topshirish borasidagi ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Ochiq muloqotda tuman 1-con sport maktabi direktori Adilov Komil ishtirok etdi.
Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda va bu borada Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan e’tiborni alohida e’tirof etish lozim.

Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli qurilish, ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda

Aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlar sifatini yanada yaxshilash, dasturlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida yechimini topish, ayniqsa, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari Samarqand tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan qizg‘in olib borilmoqda.

Yoshlarni vatanga sadoqatli, jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

- Tumanda yoshlarni vatanga sadoqatli, jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchunbir kator ishlar amalga oshirilmoqda, - deydi tuman hokimning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxxasisi Bunyod Rahmonqulov. - Jumladan, o‘quvchilarning darsdan keyingi bo‘sh vaktini mazmunli o‘tkazish, ma’nan barkamol bo‘lib yetishishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Umumta’lim maktablarida mavjud 53 ta kutubxonalarda lotin hamda krill alifbosidagi 75 mingdan ziyod badiiy adabiyotlar mavjud.

Jaholatga qarshi ma’rifat. Bu borada qanday ishlar olib borilmoqda?

O‘tkazilgan matbuot anjumanida tumanda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash, millatlar va diniy konfessiyalararo totuvlikni ta’minlash, soxta g‘oyalarni asl diniy qadriyatlar sifatida talqin qilinishini va aholiga nosog‘lom aqida singdirilishini oldini olish borasida fikr yuritildi. Unda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi Bunyod Rahmonqulov ma’lumot berdi.

2015-2023 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM