Rahbarlar daraxt ko‘chati ekdi
10.03.2023 - 21:21Samarqand tumani Ohalik mahallasi hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 500 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Tuman hokimligi tomonidan ajratilgan yer maydonlarida tashkil etilgan hasharda tuman hokimi, tuman hokimining o‘rinbosarlari, har bir korxona va tashkilot, muassasa raharbarlari, keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etishdi. Ushbu jarayonda 30 turga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.