Joriy yilda doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha belgilangan rejalar qanday? Amalga oshirilayotgan ishlar nimalardan iborat?
13.02.2023 - 18:58Ushbu savollarga Samarqand tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Shavkat Hasanov ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida javob izlandi.
- Samarqand tumanida band bo‘lmagan aholini domiy, mavsumiy hamda vaqtinchalik ishlarga joylashtirib, bandliklarini ta’minlash maqsadida joriy yilda 25 ming 776 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan, - deydi Sh.Hasanov. - Shundan 9 ming 969 nafar fuqaro doimiy ishga, 8 ming 878 ta mavsumiy ishlarga hamda 6 ming 929 ta legallashtirish orqali yangi ish o‘rinlariga joylashtiriladi.