Sayyor qabul – murojaatlarning ijobiy yechimi
29.05.2023 - 17:44Samarqand tumani Bo‘zi mahallasi aholisi uchun sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda 30 ga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lib, asosiy qismi yo‘l ta’miri, elektr energiyasi, ichimlik suvi, moddiy yordam va uy-joy masalasi bo‘ldi. Murojaatlarni tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs Gʻaniyev alohida nazoratga oldi. Ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.