Urug‘lik sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va boshqa ekinlar urug‘chiligi bilan shug‘ullanuvchi subyektlar rahbarlari diqqatiga!

2024-yilning 9-fevral kuni Samarqand tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi binosida 2024-yil hosilidan urug‘lik sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va boshqa ekinlar urug‘chiligini yetishtirish huquqini qo‘lga kiritish uchun subyektlar o‘rtasida tender tanlovi bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda qatnashish istagini bildirgan fermer xo‘jaliklar rahbarlari
quyidagi hujjatlar to‘plamini 2 nusxada tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida tuzilgan tanlov komissiyasiga 5-fevralgacha taqdim qilishlari so‘raladi.
Tanlov komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Tender komissiyasi nomiga ariza
Fermer xo‘jaligi nomidan tilxat
Tuman kadastr agentligi bo‘limi hamda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limining ma’lumotnomasi
Fermer xo‘jaligi, uning rahbari va ishchi xodimlari to‘g‘risida ma’lumotnoma
Irrigatsiya bo‘limi ma’lumotnomasi
Tuman O‘simliklar karantini va himoyasining bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnoma
Fermer xo‘jaligi rahbarining mutaxassisligi va ma’lumoti to‘g‘risida hujjat (diplom nusxasi)
Fermer xo‘jaligi rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar)
Fermer xo‘jaligi ishlayotgan urug‘chi hosilotning ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom nusxasi)
Majburiyatdan ozod pul mablag‘i to‘g‘risida tegishli bank tomonidan berilgan ma’lumotnoma
11.Tuman texnazorat inspeksiyasi tomonidan berilgan ma’lumotnoma hamda texpasport nusxasi.
Tumanda qishloq xo‘jaligi subektlari o‘rtasida tanlov asosida tanlanishini, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan 2024-yilning 15-yanvardan 5-fevralgacha tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limiga 2 (ikki) nusxada taqdim etishlari lozim.
Hujjatlarni qabul qilish 2024-yilning 5-fevral kuni 18:00 da to‘xtatiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: +99897-910-40-40 va +99898-273-51-11 telefon
raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Image_elon: 
2015-2024 © Хокимият Самаркандского района. Разработан в: SAKTRM