Янгиликлар

Samarqand tumanining eksport imkoniyatlari qanday?

Navbatdagi ochiq muloqotda Samarqand tuman hokimining o‘rinbosari – investisiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i ishtirok etdi. Muloqot davomida mavzu yuzasidan ma’lumot berildi.
Samarqand viloyati rivojlangan sanoati va qishloq xo‘jaligi, tabiiy boyliklari, ulkan sayyohlik salohiyati bilan mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotida muhim o‘rin tutadi. Samarqand tumanida ham aynan shu yo‘nalishlarda salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Navbatdagi matbuot anjumani tumanda yoshlarni sportga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, dolzarb vazifalarga bag‘ishlandi

Unda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Azizova ishtirok etdi.
Qayd etildiki, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada prezidentimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan e’tiborni alohida e’tirof etish lozim.

Olti oyda 5173 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonoma rasmiylashtirilgan

Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashining sakson to‘rtinchi sessiyasidan
2023 yilning 6 oyi davomida Samarqand tumani hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, qidiruvda yurgan shaxslarni ushlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida huquqni muhofaza etuvchi organlar, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ta’lim muassasalari, tuman hokimligi, tibbiyot birlashmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirildi.

2015-2024 © Самарқанд туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM