insurez
16-03-2024 10:49


 


 

Tuman hokimining

2018 yil “10”sentyabrdagi

3424-Q sonli qaroriga

1-ilova

 

Samarqand tumani hokimligi boshqaruv apparati to‘g‘risida
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil
22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-sonli qaroriga muvofiq tuman hokimligi boshqaruv apparatining (keyingi o‘rinlarda boshqaruv apparati deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Boshqaruv apparati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi va viloyat xokimining qaror va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari va tuman hokimning hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

3. Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-texnik va moliyaviy-xo‘jalik jihatidan ta’minlaydi, xalq deputatlari tuman Kengashi majlislarini uning reglamentiga muvofiq tayyorlaydi, xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda tekshiradi.

Boshqaruv apparati xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnik va boshqa xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi.

4. Boshqaruv apparati o‘z faoliyatini hokimning rahbarligida amalga oshiradi.

5. Boshqaruv apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat xokimligi, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

 

II. Boshqaruv apparatining vazifalari va funksiyalari

6. Quyidagilar boshqaruv apparatining vazifalari hisoblanadi:

hokimning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasi xamda viloyat xokimining qaror va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;

tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institutsional o‘zgartirishlar, mahalliy byudjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq tumanni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

tumanda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash, iqtisodiyotda, eng avvalo, sanoatda va qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarga doir tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

tumanning subvensiya olishini qisqartirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, o‘zaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini ta’minlash yuzasidan hududiy boshqaruv organlarining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, hududiy investitsiya dasturlari, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik yangilash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtirish dasturi, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturlari, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va bandlikni ta’minlash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishi monitoringini olib borishning samarali tizimini yaratish;

hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik sub’ektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish;

qishloq xo‘jaligida islohotlarni va tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish
chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan tizimli tahlilni tashkil etish;

aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududiy boshqaruv organlarining, boshqa tashkilotlarning yangi ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmushi darajasi va sifatini yanada oshirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish;

ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, tumanning innovatsion salohiyatini, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, faoliyati samaradorligini oshirish, xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, eng avvalo, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish;

qonuniylikni, huquq-tartibotni va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;

rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi xamda viloyat xokimligining qaror va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;

normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, shu jumladan ularning ayrim tarmoqlarga va umuman hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli ta’sirini kompleks baholash.

7. Boshqaruv apparati o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi xamda viloyat xokimligi qaror va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va viloyat xokimligining apparati, hokim va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bo‘yicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga va Vazirlar Mahkamasi va viloyat xokimligiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi va hokim tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat va tuman xokimligi qaror va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;

muammoli masalalarni hal etish hamda tumanni, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga va uning o‘rinbosarlariga taqdim etadi;

iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Prezidentning hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat va tuman xokimligi qaror, farmoyish va topshiriqlari bajarilishi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;

xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalari, hududlarning faollari yig‘ilishlari, hokim va uning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;

xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimlikning komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

hokimning mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha hisoboti xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan eshitilishini tashkil qiladi;

hokimlikning ish rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqadi;

maxfiylik rejimini, davlat sirlari bo‘lgan ma’lumotlar yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning himoya qilinishini ta’minlaydi;

xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimlikning faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi.

Boshqaruv apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.

III. Boshqaruv apparatining huquqlari va javobgarligi

8. Boshqaruv apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni hududiy boshqaruv organlaridan va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash xamda olish;

zarurat bo‘lganda, hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun hududiy boshqaruv organlari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlarini tashkil etish;

tashkilotlar tomonidan kiritiladigan xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari shuningdek qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;

hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko‘rib chiqilishi va muhokama qilinishini tashkil etish;

tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, xalq deputatlari tuman Kengashi hujjatlari, hokimning hujjatlari va topshiriqlari, uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o‘rganish.

9. Boshqaruv apparati:

o‘ziga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Prezident hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, viloyat va tuman xokimligining topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o‘z vaqtida tayyorlanishi;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, hokimning ko‘rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o‘z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tuman hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, shuningdek asoslangan xulosalar tayyorlanishi;

Viloyat va tuman xokimligi, xalq deputatlari tuman Kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish sifati, shuningdek kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil
12 yanvardagi "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi  12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi;

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi, viloyat va tuman xokimligining qaror, farmoyish va topshiriqlarining, hokim va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining hududiy boshqaruv organlari tomonidan bajarilishi holatining o‘z vaqtida o‘rganilishi uchun javob beradi.

IV. Boshqaruv apparatining tuzilmasi

10. Boshqaruv apparatining tuzilmasi hokimning yordamchisi, tashkiliy-nazorat guruhi, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya mas’ul kotibi, bosh yuriskonsult, devonxona bo‘limi hamda  hokim o‘rinbosarlarining majmualaridan iborat bo‘ladi.

Boshqaruv apparatining tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-son qarori bilan belgilanadi.

11. Boshqaruv apparatining ishlari hokim tomonidan tasdiqlanadigan tuman hokimligi boshqaruv apparatining vazifalar taqsimoti, ushbu Nizom, Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, hokim o‘rinbosarlari majmualari to‘g‘risidagi Nizomlarga muvofiq tashkil etiladi.

12. Hokimning yordamchisi, tashkiliy-nazorat guruhi, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya mas’ul kotibi, bosh yuriskonsult o‘z faoliyatida hokimga bo‘ysunadi.

Majmualar o‘z faoliyatida hokimning tegishli o‘rinbosarlariga bo‘ysunadi.

13. Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari viloyat xokimligi Tashkiliy-nazorat guruxi bilan kelishgan holda hokimning farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Bosh yuriskonsult viloyat Adliya boshqarmasi bilan kelishilgan holda hokimning farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Hokim o‘rinbosarining mutaxassislari, hokimning tegishli o‘rinbosari taqdimnomasi bo‘yicha hokimning farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Hokimning yordamchisi va boshqaruv apparatining boshqa xodimlari hokimning farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

14. Tashkiliy-nazorat guruhi, hokim o‘rinbosarlarining majmualari to‘g‘risidagi Nizomlar, shuningdek ular xodimlarining, hokim yordamchisining, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya mas’ul kotibi va bosh yuriskonsultning funksional vazifalari hokim tomonidan tasdiqlanadi.

V. Boshqaruv apparati faoliyatini tashkil etish

15. Boshqaruv apparati ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonunlarga, Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi va viloyat xokimining qaror, farmoyish va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlariga, hokim va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, hokimlik, tegishli komplekslar va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.

16. Hokim o‘rinbosarlarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat va tuman xokimining qaror, farmoyish va topshiriqlari bilan hokimlikka quyidagi sohalarda yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan:

a) iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:

iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlar ijrosini ta’minlash;

tumanning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, xizmat ko‘rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;

iqtisodiyot masalalari bo‘yicha tegishli idoralar, tijorat banklari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirish;

iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilish samaradorligini oshirish;

pochta va telekommunikatsiyalar faoliyati, arxiv ishi va intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimi va tuman xokimi qarorlari bajarilishini tashkil etish;

tumandagi konxona va tashkilotlar bilan uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tuman kesimida ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish;

iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, mahalliylashtirish, qishloq xo‘jaligini barcha sohasini, ayniqsa mevasabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbaalarini aniqlagan holda tumanning mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirishni ta’minlash;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, viloyat va mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subvensiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etish;

qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq xo‘jaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, mahalliy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx kon’yukturasini o‘rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

inson manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga nakd pul to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish;

tumanning birinchi navbatda, eksport tuzilmasida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada ko‘paytirish hisobiga eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;

mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish va ularni jahon hamda mintaqa bozorlariga kiritish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishning ko‘paytirilishini rag‘batlantirish va mahsulotlarning tarkibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, xususiy mulkning manfaatlarini, tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlari va kafolatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

iste’mol tovarlari, aholini iste’mol tovarlari va pullik xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko‘rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

chakana va ulgurji savdoni, pullik xizmatlar ko‘rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek savdo va xizmatlar ko‘rsatishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

b)sanoatni rivojlantirish,kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari sohasida:

hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarishlarni kengaytirish asosida hududning eksport salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan mineral-xomashyoni va qishloq xo‘jaligi xomashyosini sanoat yo‘li bilan yanada chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish dasturiy chora-tadbirlarini amalga oshirish;

sanoatning ishlamayotgan korxonalari faoliyatini tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturlari amalga oshirilishini ta’minlash;

tumanda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini tashkil etish, xalqaro standartlarni qo‘llash, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirish;

pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, muhandislik va yo‘l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

ko‘rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholini sifatli ichimlik suv bilan va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan ta’minlash;

transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, aholi punktlarini obodonlashtirish, kommunal xo‘jaligini rivojlantirish;

v) investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari sohasida:

tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga yirik va o‘rta miqdorda investitsiyalar kiritish hajmini kengaytirishni rag‘batlantirish, tumanda investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan yagona investitsiya, jumladan, xorijiy investitsiyalar jalb qilish siyosatini shakllantirish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tuman hududida investitsiya faoliyatini kengaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo‘yicha doimiy ravishda takliflar ishlab chiqish va yuqori turuvchi tashkilotlarga kiritish;

tumanning yillik Investitsiya dasturlari va hududiy investitsiya dasturlarini, jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va monitoring qilishda ishtirok etish, xorijiy investitsiyalar, kreditlar va moliyaviy-texnik ko‘maklashishga qaratilgan mablag‘larni jalb etish uchun investitsiya takliflari bo‘yicha yagona bazasini yuritish;

tumanning xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari, chet el banklari, jamg‘armalari, agentliklari, kompaniyalari va boshqa xalqaro huquq sub’ektlari bilan investitsiya sohasidagi hamkorligini o‘zaro manfaatli asosda rivojlantirish va hamkorlik yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

tarmoq investitsiya dasturlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi kompleks dasturlar, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy sohalardagi infratuzilmalarni rivojlantirish dasturlari bilan bog‘liq investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar, avvalambor to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, kreditlar va moliyaviy-texnik ko‘maklashishga qaratilgan mablag‘larni jalb etishda ishtirok etish;

investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini tizimli nazorat qilish, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, shuningdek, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari qanday bajarilayotganini tahlil qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish asosida tuman iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish;

xalqaro tashkilotlar va xorijiy hukumatlar moliya institutlarining jalb etiladigan kredit resurslari va texnik ko‘maklashishga qaratilgan mablag‘lar (grantlar), O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat va viloyat byudjeti xamda davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan yo‘naltiriladigan markazlashtirilgan investitsiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

tumanning iqtisodiy va investitsiya salohiyati to‘g‘risida xorijiy investorlarni keng xabardor qilish bo‘yicha Respublika, viloyat miqyosida va chet ellarda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalar, seminarlar, investitsiya forumlarda ishtirok etish;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida texnologik uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallarni xarid qilish uchun tender (tanlov) savdolari o‘tkazish va ularning yakunlari bo‘yicha g‘oliblarni aniqlashda ishtirok etish;

ishlab chiqarish samaradorligi, mahsulot sifati va raqobatdoshligi, energiya va resurs tejamkorligi bo‘yicha zamonaviy talablarga, ekologik standartlarga javob beradigan ilg‘or texnologiya hamda uskunalar bo‘yicha jahon bozoridagi vaziyatning chuqur tahlilidan, taklif etilgan narxlarning dunyo bozoridagi o‘rtacha baho va yuzaga kelgan bozor kon’yunkturasiga mos kelishi, shuningdek, tayyor holda topshiriladigan loyihalar qiymati taklif etiladigan texnologiyaga qanchalik muvofiq ekanidan kelib chiqqan holda tender hujjatlarini ishlab chiqish;

ekspertizadan o‘tkazish va tender takliflarini baholashda qatnashish, zarurat tug‘ilganda, o‘tkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalarini rad etish, tender natijalariga ko‘ra tuzilgan import shartnomalarini bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritish;

investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida sotib olinadigan uskunalar, texnika va texnologiyalar, butlovchi buyumlarning narx ko‘rsatkichlari, shuningdek, tayyor holda topshiriladigan loyihalarning qiymat ko‘rsatkichlariga doir import shartnomalarini tizimli asosda puxta ekspertizadan o‘tkazish;

tumanda loyiha institutlari va tashkilotlarining investitsiya loyihalari, avvalo xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari bo‘yicha loyihadan oldingi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqishni, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;

davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini, eng avvalo, infratuzilma ob’ektlari va resurslar eng ko‘p sarf qilinadigan tarmoqlarda keng joriy etishga ko‘maklashish;

dolzarb muammolarni, eng avvalo, joylardagi muammolarni hal etishda davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan o‘zaro hamkorligining innovatsion yondashuvlarini ishlab chiqish;

jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

tumandagi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni targ‘ib qilish va ulardan amaliy foydalanishning mexanizmlarini shakllantirish, bozorning tez o‘zgaruvchan jahon kon’yunkturasini hisobga olgan holda tuman iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;

atrof-muhitning ifloslanish darajasini pasaytirish imkonini beruvchi ekologik toza texnologiyalarni qo‘llagan holda unumdorlikni oshirishni nazarda tutadigan “yashil iqtisodiyot” texnologiyalarining prinsiplarini ishlab chiqish va joriy etish;

tuman innovatsion salohiyatining, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, texnoparklar, shuningdek, logistik xablar faoliyati samaradorligining o‘sishiga faol ko‘maklashish;

xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, eng avvalo, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularning sifatini va yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdagi rolini oshirish;

innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish orqali turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritish;

innovatsiyalarni joriy etish va hududlar iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish ko‘lamini kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan orqada qolgan hududlar iqtisodiy taraqqiyotidagi nomutanosibliklarning oldini olish;

eng avvalo, mavjud yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkonini beruvchi “Aqlli qishloq xo‘jaligi” konsepsiyasiga asoslangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining zamonaviy sinalgan shakllarini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish;

agrar sektorda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini maksimal darajada avtomatlashtirish, hosildorlikni jiddiy oshirish va moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, shuningdek, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkonini beruvchi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini, shu jumladan yirik riteylerlar yordamida ta’minlash orqali savdo bozorlarini va ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni kengaytirishga ko‘maklashish;

ta’lim tizimida innovatsiyalarni, shu jumladan o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini joriy etish orqali targ‘ib qilishga ko‘maklashish, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi innovatsion o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

sog‘liqni saqlash tizimini, shu jumladan kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilishni ta’minlaydigan ilg‘or texnologiyalarni, “Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiyot axborot markazi” konsepsiyalarini joriy etish orqali jadal rivojlantirishga, shuningdek, aholining uzoq umr ko‘rishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish;

sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydigan madaniy, sport va boshqa ob’ektlarni tashkil qilishni ham nazarda tutuvchi ilg‘or standartlarni hisobga olgan holda, shaharsozlikning faqat bosh rejalar, rejalashtirish va qurilish loyihalariga muvofiq izchil rivojlanishini ta’minlash;

atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishga, jumladan, atmosfera havosiga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarni, suv ob’ektlariga tashlanadigan oqova suvlarni kamaytirishga, biologik xilma-xillik va ekotizimni saqlashga qaratilgan innovatsion texnologik yechimlar ishlab chiqish;

atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarning, jumladan, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, energiya tejamkor, ekologik toza avtotransport yoqilg‘isini ishlab chiqarish texnologiyalari, chang va gazdan tozalovchi texnologiyalarning amalda qo‘llanishiga ko‘maklashish;

suvdan foydalanish tizimini, shu jumladan suvni tozalash, chuchuklashtirish, oqova suvlardan qayta foydalanish va suv tejashning innovatsion texnologiyalarini joriy etish orqali takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

maishiy va sanoat chiqindilarini qayta ishlash, shu jumladan energiya va bioo‘g‘itlarni ishlab chiqarish uchun yuqori texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;

iqtisodiyotning energiya va resurs sarfini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etish;

innovatsion tadqiqotlar, g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni rag‘batlantirishning samarali tizimini yaratish, shuningdek, istiqbolli fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda novatorlik g‘oyalarini, shu jumladan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

ko‘rgazma tadbirlarini tashkil etish, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro manfaatli yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali innovatsion ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;

yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha ta’lim, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalar, ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsiyaga yo‘naltirilgan tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish (ilmiy-tadqiqot ishlari qismida), shuningdek, ularning moddiy-texnika va ilmiy salohiyatini mustahkamlash;

innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va tijoratlashtirish bo‘yicha zamonaviy ilmiy-texnologik komplekslar, biznes-inkubatorlar, startap-akseleratorlarni, shu jumladan yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda tashkil etish, shuningdek,
IT-infratuzilmani rivojlantirishga ko‘maklashish;

uzoq muddatli texnologik rivojlanish ehtiyojlari va tendensiyalarini hisobga olgan holda zamonaviy yuqori texnologik ishlab chiqarishni, shu jumladan yangi avlod transport vositalari, robot texnikalari va yuqori texnologik mahsulotlarning boshqa turlarini mahalliylashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish yuzasidan tashabbus ko‘rsatish;

mahalliy innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan rasmiylashtirilgan xalqaro patent va litsenziyalar asosida joriy etish, ichki va jahon bozorlariga yo‘naltirish imkonini beruvchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar kiritish;

tarmoqlar, hududlar va turli xususiylashtirish shakllari bo‘yicha muttasil yangilanib turuvchi ma’lumotlar bazasini hamda xususiylashtirilgan ob’ektlar reestrini, shuningdek davlat aktivlari reestrini shakllantirish;

xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini soliq, iqtisodiyot va statistika organlari bilan birgalikda doimiy asosda tahlil qilib borish, shu asosda faoliyat ko‘rsatmayotgan, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni, bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan ob’ektlar hamda yer uchastkalarini aniqlash;

ilgari xususiylashtirilgan korxonalar samaradorligining pastligi hamda ishlamayotganligi sabablari va omillarini, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan ob’ektlarni aniqlash;

yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish va modernizatsiyalash hamda raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va tijorat banklaridan kreditlar ajratilishida ularga ko‘maklashish maqsadida aniq xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta’minlash;

xususiylashtirilgan ob’ektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga biznes yuritish va biznes-rejalarni ishlab chiqish asoslari, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa fanlarni kasb-hunar kollejlari bazasida o‘tkaziladigan kurslarda o‘qitishni tashkil qilish, bunda tajriba almashish uchun respublikamizda ishlayotgan, katta muvaffaqiyatlarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb etish;

tegishli hududda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va muvofiqlashtirish, shuningdek, alohida huquqiy va iqtisodiy rejimga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining samarali faoliyat yuritishini tashkillashtirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direksiyalarini shakllantirish hamda ular faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;

investitsiya loyihalarini tanlash va ularni amalga oshirish uchun erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilariga yer maydonlari taqdim etish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish yuzasidan monitoring yuritish;

davlat mulki bo‘lgan ishlamayotgan korxonalar va bo‘sh yotgan
mol-mulklarni erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilariga investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida qaror qabul qilishda ishtirok etish;

erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning bosh rejalarini, shuningdek, kichik sanoat zonalarini rivojlantirish rejalarini ko‘rib chiqish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida muhandislik-kommunikatsiya hamda transport infratuzilmasini qurish bo‘yicha loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ustidan monitoring yuritish;

investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, shuningdek investitsiyalash to‘g‘risida bitimga kiritilgan majburiyatlarning, shu jumladan, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilari korxonalarining biznes-rejalari parametrlari bajarilishi ustidan monitoring olib borish;

erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilari -tadbirkorlik sub’ektlariga investitsiya loyihalarini amalga oshirishda va korxonalarning faoliyat yuritishida yuzaga keladigan masalalar kompleksini hal etishda yordam ko‘rsatish;

erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, ular faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar taqdim etish;

g) turizmni rivojlantirish sohasi bo‘yicha

hududda turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, soha bo‘yicha qabul qilingan konsepsiya va dasturlarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni belgilash;

chet el mamlakatlari bilan turizm sohasida, ayniqsa, turistlar oqimini ko‘paytirish hamda ularni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik va kelishuvlarni vakolatli organlar bilan birgalikda amalga oshirish;

sohani chuqur tahlil qilish asosida turistik xizmatlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, bu boradagi mavjud muammolar va to‘siqlarni aniqlash, sohani rivojlantirish hamda takomillashtirishning maqsadga muvofiq modellarini ishlab chiqish va kelgusi rejalarni belgilash;

turizm sohasining iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy va boshqa yo‘nalishlardagi infratuzilmasini takomillashtirish va turizm yo‘nalishidagi diqqatga sazovor joylar, ularni yaxshilash bo‘yicha aniq
chora-tadbirlarni belgilash hamda amalga oshiradi;

qo‘shimcha turizm marshrutlarini ishlab chiqish, chet el yoshlarini keng jalb etish maqsadida ko‘ngilochar komplekslar barpo etish, madaniy meros ob’ektlarida xalqimizning tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari, an’analarini o‘zida aks ettirgan ekspozitsiyalarni tashkil etadi;

turizm sohasida turizmni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni hamda hududiy boshqaruv organlari ish faoliyatini muvofiqlashtiradi;

turizm sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini jalb etish, xorijiy turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish orqali respublikaning mavjud sayyohlik salohiyatini keng yoritish choralarini ko‘rish;

iqtisodiyotni rivojlantirishning o‘rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;

tarmoqlar va hududlar darajalarida iqtisodiy islohotlar, iqtisodiy rivojlanish dasturlari, qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimi va tuman xokimining qarorlari bajarilishini nazorat qilish;

g) qishloq va suv xo‘jaligi sohasida:

qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirishni ta’minlash;

dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg‘or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘rish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste’molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo‘jaligi ob’ektlaridan foydalanish ishlarining va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining bajarilishini muvofiqlashtirish;

qishloq xo‘jaligini, suv xo‘jaligini va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlarini ko‘rish;

chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;

ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini yetishtirish, tirik pilla yetishtirishni ko‘paytirish;

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’ektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

d) yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida:

Yoshlar siyosati sohasida:

yoshlar, ya’ni o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, ta’lim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan
chora-tadbirlarni amalga oshirish;

umumta’lim maktablarining 11 sinflari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish va ularni keyinchalik ishga joylashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

oliy ta’lim yo‘nalishlari va oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ko‘rsatkichlarining hududlar bo‘yicha optimal taqsimoti yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish, bitiruvchilarni chuqur professional bilimlarga ega bo‘lishlariga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘quv jarayoni sifatini,
o‘quvchi-talabalarning davomatini ta’minlash yuzasidan aniq choralarni ko‘rish va nazorat qilish, bu borada ta’lim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarni o‘zaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;

aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish, “ommaviy madaniyat”ning ko‘rinishlariga qarshi ma’naviy profilaktika ishlariga rahbarlik qilish;

ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillariga, kompyuter texnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilg‘or ko‘nikmalariga o‘rgatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;

yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli
chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish, turli to‘garaklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish;

yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak ma’naviyatni qaror toptirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;

yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida “oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik konsepsiyasini amalga oshirishga rahbarlik qilish;

uyushmagan yoshlarning manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;

uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojini aniqlash bo‘yicha monitoring olib borish va baholash, kasbga o‘rgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va o‘rta biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishning tizimli monitoringini tashkil etish, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;

yoshlar tadbirkorligi hamda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishga ko‘maklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va texnik vositalar bilan ta’minlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish;

yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish, kam ta’minlangan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy yordam berish choralarini ko‘rish;

Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:

aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, hayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan bahramand bo‘lish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini o‘rganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish;

sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish;

qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini oshirish, har bir inson va butun oila darajasida eng ko‘p uchraydigan kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonini tashkil etish, oilalarni patronaj tizimi bilan to‘liq qamrab olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini, shu jumladan sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tug‘ma va irsiy kasalliklarni oldini olish, rivojlanish nuqsoni bo‘lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida to‘laqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar sog‘lig‘i muhofazasini ta’minlash, qishloq vrachlik punktlarining, diagnostika, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash;

aholiga tashxis qo‘yishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘lamini yanada kengaytirish. Jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullarga bo‘lgan aholi ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan tadbirlar ijrosini ta’minlash;

sport sohasida olib borilayotgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, sportni ommaviyligini oshirish, qizlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, barcha hududlar, ayniqsa eng chekka qishloqlarda xalqaro talablarga javob beradigan moddiy-texnik bazaga ega sport inshootlarini barpo etish;

aholining turmush madaniyatini, hayot sifatini oshirishga qaratilgan ta’lim, dam olish va hordiq chiqarish, bandlik, maishiy xizmatlar ko‘rsatish, madaniyat, san’at va sport sohalari muassasalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mahalla fuqarolar yig‘inlari, xotin-qizlar, nuroniylar, yoshlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyatlari institutlari, ommaviy axborot vositalarining tinch-osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlashga qaratilgan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish;

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida:

aholi o‘rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targ‘ibot va tashviqotini tashkil qilish;

aholining ma’naviy muammo va ehtiyojlarini o‘rganib borish asosida hududda ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;

aholining ma’naviy-axloqiy, diniy-ma’rifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o‘sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy merosni, urf-odat va qadriyatlarni saqlash, targ‘ib qilish ishlariga rahbarlik qilish;

hududda sog‘lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarning maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish;

hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni xushyorlik va ogohlikka da’vat etish, yoshlarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targ‘ibot tizimini yo‘lga qo‘yish;

aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik ma’rifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qilish;

aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shavqat, muruvvat va himmat, insofu diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, olijanoblik va boshqa fazilatlarni targ‘ib qilish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda mahalla institutining o‘rni va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;

mamlakatda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil qilish;

ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, ommaviy tadbirlarni o‘tkazishning belgilangan tartibiga rioya etish yuzasidan nazoratni ta’minlash;

ye) jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar sohasida:

tegishli tashkilotlar bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy va diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat olib borish;

davlat organlarining tumanda joylashgan jamoat va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlarning manfaatlarini hisobga olish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish;

davlat organlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro harakatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;

"Haj" va "Umra" tadbirlarini o‘tkazishda hokimlik, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

ma’naviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy e’tiqodlari va urf-odatlariga qarshi yo‘naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot g‘oyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;

millatlararo totuvlikni va diniy bag‘ri kenglikni ta’minlashda hokimlik, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirish;

millatlararo do‘stlik prinsiplarini qaror toptirishga, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan jamoatchilik tashabbuslarini rag‘batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash
chora-tadbirlarini ko‘rish;

O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘linmasi, Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman Kengashi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga ko‘maklashish;

f) Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash sohasida:

hokim o‘rinbosarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat va tuman xokimining qaror va farmoyishlari, viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi buyruqlari, yig‘ilish qarorlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini hokimlik va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;

a) xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning roli va faolligini oshirish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

xotin-qizlarning  maqomini, ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirish, ularning huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, huquqiy madaniyatini, oila va jamiyatdagi rolini oshirish;

davlat va jamoat organlarini jalb etgan holda yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish sohasida tadbirlar kompleksini amalga oshirish bo‘yicha tizimli ish olib borilishini tashkil etish;

xotin-qizlar masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishida va ularni amalga oshirishda, ularning mohiyati va ahamiyatini targ‘ib qilish va tushuntirishda, ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishda faol ishtirok etish;

qizlarning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va rag‘batlantirish maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, iqtidorli, qobiliyatli qizlar zahirasi bilan tizimli ish olib borilishiin tashkil etish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bo‘yicha komissiya faoliyatin takomillashtirish;

tashabbuskor, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan qizlardan kadrlar zahirasini shakllantirish va ularning nomzodlarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yo‘lga qo‘yish;

xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati shaffofligini ta’minlash, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishiga ko‘maklashish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish;

xotin-qizlar va ularning oila a’zolari huquqlari va manfaatlariin himoya qilish bo‘yicha ishlarda xotin-qizlar qo‘mitasi bilan fuqarolik jamiyati institutlari, hokimlik va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, xotin-qizlarga manzilli ijtimoiy yordam berish ishlarini tashkil etish;

b) og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga yordam berish sohasida:

joylardagi og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni o‘z vaqtida aniqlash, ular bilan aniq maqsadga yo‘naltirilgan va yakka tartibda ish olib borilishini tashkil etish;

yordamga muhtoj bo‘lgan, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar, to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan va turar joy sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish;

yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalarning qizlarini o‘qitish maqsadida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning dam olishiin hamda ularga zaurriy tibbiy va psixologik yordam berilishinii tashkil etish;

oilaviy va shaxslararo nizolarning, o‘z joniga qasd qilishga hamda jamiyat va oilada ma’naviy-axloqiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlarning barvaqt profiliktikasi bo‘yicha manzilli ishlar olib borish;

oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, nikoh va oila institutini mustahkamlash, nikoh shartnomalarining xususiyatlari va shartlari, farzandlar tarbiyasi uchun ota-onalarning bevosita mas’uliyati, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan bog‘liq tizimli targ‘ibot tadbirlarini yo‘lga qo‘yish.

v) xotin-qizlarni ishga joylashtirish va ularning ijtimoiy va mehnat huquqlarini ta’minlash sohasida:

bandlik dasturi doirasida xotin-qizlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish, ular bandligining sifati, doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanganligi yuzasidan amaliy nazoratni yo‘lga qo‘yish;

xotin-qizlarni, ayniqsa qishloq joylardagi oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etishda, kredit va boshqa resurslarni jalb etishda davlat xizmatlaridan foydalanish;

xotin-qizlarning mehnat qilish huquqlarini himoya qilish ishlarining holatini o‘rganish va tahlil qilish, mehnat munosabatlari sohasida, shu jumladan, homilador ayollarga va kichik yoshdagi bolalari bo‘lgan ayollarga qo‘shimcha imtiyozlar berish sohasida davlat va nodavlat tashkilotlarining mustahkam hamkorligini yo‘lga qo‘yish;

tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni xohlaydigan ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratishda ko‘maklashish, berilgan imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanishi masalalarini tartibga soluvchi, davlat ro‘yxatidan va boshqa tartibotlardan o‘tish, mehnat munosabatlariga kirishish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar olishda ularga yordam berish;

g) jinoyat sodir etishga moyil bo‘lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish orqali xotin-qizlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi sohasida:

huquqni muhofaza qilish organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish orgalari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarilklira profilaktikasini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni tashkil etish;

xotin-qizlar orasida huquqiy tarbiya va huquqiy targ‘ibot, huquqiy madaniyatni oshirish ishlarini tashkil etish, oilalarda ijtimoiy-madaniy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatish mumukin bo‘lgan vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlarini belgilash;

jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib borish bo‘yicha ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, maxsus o‘quv-tarbiya muassasalaridan, ijtimoiy reabilitatsiya va xotin-qizlarni moslashtirish muassasalaridan qaytgan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirishni tashkil etish.

d) "yo‘l xaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

mutasaddilik qiladigan tashkilotlar bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, tumanning tegishli tarmoqlari va hududlaridagi masalalar bo‘yicha "yo‘l xaritalari" loyihalariga kiritish uchun takliflar tayyorlanishini tashkil etish;

majmua vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va xududga safarlari natijalari bo‘yicha tasdiqlangan "yo‘l xaritalari" bajarilish ustidan tizimli nazorat amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

tegishli masalalar yuzasidan hududiy boshqaruv organlari, tijorat banklarining "yo‘l xaritalari"ni amalga oshirish to‘g‘risidagi axboroti, materiallar va hisobotlar taqdim etilishini ta’minlash hamda ularni muhokama qilish uchun tuman hokimligi yig‘ilishlariga kiritish;

"yo‘l xaritalari" amalga oshirilishi samaradorligi yuzasidan taqdim etiladigan axborot va materiallarni har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va umumlashtirish.

 

17. Hokimning yordamchisi:

Yuqori turuvchi tashkilotlar va viloyat xokimligining bevosita hokimga yo‘llangan yozma topshiriqlari to‘g‘risida o‘z vaqtida axborot berilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi va hokimning rezolyusiyasiga muvofiq uning ijrosini tashkil etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va viloyat xokimligining tegishli topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish va tahlil etishni ta’minlaydi, topshiriqlarning bajarilishi va natijalari to‘g‘risida hokimga axborot beradi;

hokimning joriy ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning ijrosini tashkil qiladi;

hokimning nomiga tushgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, puxta ekspertizadan o‘tkazadi, zaruriyat bo‘lganda, devonxona bo‘limi bilan birgalikda tegishli topshiriqlarni (fishkalarni) tayyorlaydi, tegishli materiallar haqida hokimga axborot beradi va imzolangan topshiriqlarning belgilangan tartibda ijrochilarga yuborilishini tashkil etadi;

jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining hokim tomonidan qabul qilinishini tashkil etadi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki, yozma va elektron murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

hokim tomonidan yuklangan va funksional vazifalarda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

18. Tashkiliy-nazorat guruhi:

ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishi holatini o‘rganish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

tuman hokimining o‘rinbosarlari bilan birgalikda belgilangan tartibda hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;

tuman hokimligi apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi takliflarni hokimning ko‘rib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, mutaxassislarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshiradi, ko‘rib chiqilayotgan nomzodlarni har tomonlama o‘rganishni va ular bo‘yicha ishonchli materiallar tayyorlanishini ta’minlaydi;

apparat xodimlarini kelgusida rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish ishlarini tashkil etadi;

tumandagi tashkilotining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib boradi;

boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qiladi;

zaxiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qiladi;

hokimning o‘rinbosarlari bilan birgalikda mutasaddilik qiladigan hokimlik apparati kadrlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

hududiy boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari va ularning zaxirasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishni va doimiy yangilab borishni ta’minlaydi;

davlat mukofotlariga tavsiya etish yuzasidan tegishli hujjatlarni tuman hokimligi boshqaruv apparatining tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘limlari, jamoat tashkilotlari takliflarini olish, ularni ishchi guruh bilan birgalikda o‘rganib chiqib, tuman hokimiga kiritish;

tashkiliy-kadrlar masalalari bo‘yicha hokimning qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari saylovlarini, O‘zbekiston Respublikasi referendumlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tegishli saylov komissiyalariga yordam ko‘rsatadi;

xalq deputatlari tuman Kengashining, uning komissiyalarining va boshqa ishchi organlarning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlaydi, deputatlarga ularning o‘z vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashadi;

fuqarolarning mahalla yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovlarini tashkil etish va o‘tkazishda hududiy davlat organlariga ko‘maklashadi;

viloyat xokimligi apparati bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

Tashkiliy-nazorat guruhi to‘g‘risidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

19. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya mas’ul kotibining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
14 martdagi PQ-2833-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.

20. Bosh yuriskonsultning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.

21. Hokim o‘rinbosarining majmuasi:

o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bo‘yicha hokim o‘rinbosari ishlarini tashkil qiladi;

hokimlikka kiritilgan takliflarning hamda majmua yuritishi sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;

tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

hokim va yoki uning o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladigan majlislar, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlari va turli komissiyalar majlislari materiallari tayyorlanishini, tashkil etadi va ularda qabul qilingan qarorlar rasmiylashtirilishini ta’minlaydi va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

 

tarkibiy bo‘linmaga bevosita rahbarlik qiladi, o‘z mutaxassislarining ishlarini tashkil qiladi hamda bo‘linmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan javob beradi;

kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar ro‘yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va ularga jazo choralari ko‘rish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va kiritadi;

mutaxassislar o‘rtasida vazifalar taqsimotini, shuningdek bo‘linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;

hokim yoki uning o‘rinbosari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan boshqa yig‘ilishlarda qatnashadi;

ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni ta’minlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.

22. Bosh mutaxassis (etakchi mutaxassis, birinchi toifali mutaxassis):

funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida belgilangan tartibda hokimning o‘rinbosariga axborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat xokimining qaror, farmoyish va topshiriqlari, xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;

tuman hokimligi apparatining tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;

hokim va yoki uning o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlarida va o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha har xil komissiyalar majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;

tegishli komplekslar to‘g‘risidagi nizomga va funksional vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

23. Boshqaruv apparati va hokimlik mutaxassislarining vazifalari va funksiyalari tegishli komplekslar to‘g‘risidagi nizomlarda va hokim tomonidan tasdiqlanadigan funksional vazifalarni taqsimlashda belgilanadi.

24. Boshqaruv apparatini saqlash va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.