insurez
16-03-2024 10:51


  1. ASOSIY IJTIMOIY-IQTISODIY KO‘RSATKICHLAR 

 

 

 

 

 

Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar

                                         (2023-yilning yanvar-dekabr oylarida)

 

Jami

Aholi jon boshiga

mlrd. so‘m

2022-yilning
shu davriga nisbatan, % da

ming so‘m

2022-yilning
shu davriga nisbatan, % da

    Sanoat

2 213,7

 105,0

8 197,0

102,8

Iste’mol tovarlari

1 157,4

115,3

4 285,6

112,8

Asosiy kapitalga investitsiyalar

4 327,8

 

99,1

 

16 023,0

 

97,0

 

Qurilish ishlari

648,8

100,2

2 402,0 

98,1 

Chakana tovar aylanmasi

2 535,8

110,9

9 388,5

108,5

 

Xizmatlar, jami

2 206,4

124,0

8 168,8

121,4

 

                   

 

 

Tashqi savdo aylanmasi
                                                                                                        (mln. AQSh dollari)

 

Tashqi savdo aylanmasi

Eksport

Import

Saldo

 

 

 

 

 

2023-yil yanvar-dekabr oylarida  

204,8

73,6

131,2

-57,6

 

 

 

 

 

     Samarqand tumanining Samarqand viloyati bilan solishtirma asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari
 

 

Hajmi

mlrd. so‘m

2022-yilning
shu davriga nisbatan, % da

Tumanning viloyatdagi
ulushi, % da

Sanoat mahsuloti

2 213,7

 105,0

6,8

Iste’mol tovarlari

1 157,4

115,3

11,1

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

4 327,8

 

99,1

 

16,2

Qurilish ishlari

648,8

100,2

6,4

Yuk aylanmasi
 (mln. tn-km)

63,8

111,9

3,9

Yo‘lovchi aylanmasi
 (mln.yo‘lovchi-km)

912,8

102,7

6,4

Chakana tovar aylanmasi

2 535,8

110,9

8,4

Xizmatlar, jami

2 206,4

124,0

7,6

Tashqi savdo aylanmasi
 (
mln. AQSh doll)

204,8

104,6

7,2

Eksport

73,6

100,8

9,9

Import

131,2

106,9

6,2

 

Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarning tahlili

 

 

2023-yil yanvar-dekabr mlrd. so‘m

O‘zbekiston Respublikasi

Samarqand viloyati

Samarqand tumani

   Sanoat

655 821,90

32 676,8

2 213,7

o‘sish sur’ati, foizda

106,0

105,8

105,0

   Iste’mol tovarlari

189 009,70

10 415,7

1 157,4

o‘sish sur’ati, foizda

107,3

101,4

115,3

   Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi

426 264,0

      51 216,4

 2 827,5

o‘sish sur’ati, foizda

    104,1

    103,0

       100,7 

   Asosiy kapitalga investitsiyalar

352 061,1

26 584,6

4 327,8

o‘sish sur’ati, foizda

122,1

132,1

99,1

   Qurilish ishlari

149 84,1

10 069,1

648,8

o‘sish sur’ati, foizda

106,4

108,9

100,2

   Chakana tovar aylanmasi

326 160,1

30 216,6

2 535,8

o‘sish sur’ati, foizda

109,1

108,0

110,9

   Jami xizmatlar

470 286,5

28 992,0

2 206,4

o‘sish sur’ati, foizda

113,7

113,7

124,0

   Eksport, mln.AQSh dollari

24 426,2

746,2

73,6

o‘sish sur’ati, foizda

123,8

117,2

100,8

   Import, mln. AQSh dollari

38 141,2

2 119,3

131,2

o‘sish sur’ati, foizda

124,0

122,6

106,9

 

Samarqand tumani asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarida kichik biznes ulushi
 (2023-yil yanvar-dekabr oylarida, foiz hisobida)

Sanoat

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi

Investitsiya

Qurilish ishlari

Chakana tovar aylanmasi

Jami xizmatlar

Eksport

Import

62,4

82,2

50,1

98,4 

59,9

75,2

52,9

64,1

  1. SANOAT  

 

 

 

Dastlabki ma’lumotlarga asosan 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Samarqand tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 2 213,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,0 % ni tashkil etdi.

2023-yilida 1 157,4 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2022-yil yanvar-dekabriga nisbatan 115,3 foizni tashkil etdi. Jumladan, 645,7 mlrd. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib umumiy hajmga nisbatan 55,8 % ni tashkil qilib,
504,8 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mollari ishlab chiqarildi va umumiy hajmga nisbatan  43,6 % ni  (2022-yil yanvar-dekabriga nisbatan mos
ravishda 111,9 foiz va 119,7 foiz) tashkil qildi, shuningdek, aroq va sharob mahsulotlari ishlab chiqarish 6,8 mlrd. so‘mni tashkil qilib, umumiy hajmga nisbatan 0,6 % ni tashkil qilganligini kuzatishimiz mumkin.

 

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida iste’mol tovarlari ishlab
chiqarish ulushi, foizda

 

            

Sanoat ishlab chiqarishda kichik biznesning hissasi

         Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz ichki bozorini tovar va xizmatlar bilan ta’minlashda, aholi bandligi va real daromadlarini oshirishda, resurslarni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanishda, ijtimoiy guruhlar daromadlarining nomutanosibligini kamaytirishda, iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy katalizatori hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bozor kon’yunkturasi o‘zgarishlariga ham, iste’molchi talabi o‘zgarishlariga ham tez moslashishga qodir bo‘lib, iste’mol bozoridagi muvozanatni ushlab turishda muhim rol o‘ynaydi, shuningdek, raqobat muhitining shakllanishiga xizmat qiladi.                    

         2023-yilning yanvar-dekabr oylarida tumanda 2 213,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1 380,4 mlrd. so‘m yoki umumiy hajmning 62,4 % ni kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti tashkil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

  

Tumanda sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning tarkibi (mlrd. so‘mda)

 

 

          Davlat va xususiy sektorning o‘zaro munosabati mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqaror vaziyatni ta’minlashda xususiy biznesning manfaatdorligini oshirishda katta xizmat qiladi. O‘z navbatida, mamlakatimizda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar natijasi o‘laroq Samarqand tumanida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida nodavlat sektorning ulushi salmoqli ekanligini ko‘rish mumkin. Tarmoq korxonalari tomonidan 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida 2 213,7 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi yoki o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105,0 % ni tashkil etdi, shuning bilan birga nodavlat sektorida 2 212,8 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, umumiy hajmga nisbatan 99,9 % ni tashkil etdi.

 

 

 

 

 

 

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish davlat va nodavlat sektorlarida (foiz hisobidagi ulushi)

 

          

   Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sanoat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmini shahar hamda tumanlarni viloyat ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash orqali tahlil qilish, sanoat mahsulotini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori dinamikasini kuzatib borish, hududlardagi ustuvor vazifalarni va o‘sish nuqtalarini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. 

O‘z navbatida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Samarqand tumanida sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi 2 213,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, mazkur ko‘rsatkich Samarqand viloyatining jami sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishida 6, 8 % tashkil etdi. Tumanda ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi aholi jon boshiga 8 197,0 ming so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,8 % ga etkazilganligini kuzatishimiz mumkin.

Shuningdek, tumanda iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishi 1 157,4 mlrd. so‘mni tashkil qilib, Samarqand viloyatining jami iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishida 11,1 % tashkil etdi.

Tumanda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari aholi jon boshiga 4 285,6 ming so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,8 % ga etkazilganligini kuzatishimiz mumkin.

 

 

 

 

IV. XIZMATLAR

 

 

 

Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi. Natijada, 2023-yil yanvar–dekabr oylarida xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 2 206,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 124,0 % ni tashkil etdi.

 

Samarqand tumanida jami xizmatlarning
o‘sish sur’atlari dinamikasi, % da

 

 

 

 

 

 

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bozor xizmatlari ishlab chiqarish
(2023-yil yanvar-dekabr oylari uchun)

 

 

Mln. so‘m

O‘sish sur’ati,
% da

Jamiga nisbatan                % da

 

 

 

 

  Xizmatlar jami

2 206 404,7

124,0

100,0

shu jumladan asosiy turlari bo‘yicha:

 

 

 

aloqa va axborotlashtirish xizmatlari

80 937,0

122,9

3,7

moliyaviy xizmatlar

63 758,9

124,0

2,9

transport xizmatlari

553 878,8

108,7

25,1

shundan: avtotransport  xizmatlari

539 150,1

110,4

24,4

yashash va ovqatlanish xizmatlari

375 687,3

221,4

17,0

savdo xizmatlari

738 584,5

112,8

33,5

ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar

53 262,0

111,5

2,4

ta’lim sohasidagi xizmatlar

23 867,5

107,2

1,1

sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar

19 002,5

104,3

0,9

ijara xizmatlari

65 501,3

108,8

3,0

kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar

66 456,4

110,7

3,0

shaxsiy xizmatlar

110 507,7

111,1

5,0

me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar

9 466,8

112,9

0,4

boshqa xizmatlar

45 494,0

145,3

2,1

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan
 (ko‘rsatilgan) bozor xizmatlarning hajmi, mln. so‘mda
 
(yanvar–dekabr oylarida)  

 

 

 

 

Samarqand tumanida eng katta xizmatlar hajmi savdo xizmatlari (738 584,5 mln. so‘m) va transport xizmatlari (553 878,8 mln. so‘m) ga to‘g‘ri keladi.

Eng kichik xizmatlar hajmi esa me’morchilik xizmatlar (9 466,8 mln. so‘m) ga to‘g‘ri keladi.

 

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar tarkibi, foizda

(yanvar–dekabr oylarida)  

 

 

 

Xizmatlar sohasida faoliyat turlari bo‘yicha eng yuqori ulush savdo xizmatlari                   (33,5 %) va transport xizmatlari (25,1 %) da kuzatilgan bo‘lsa sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar (0,9 %) va me’morchilik xizmatlar (0,4 %) hamon pastligicha qolmoqda.

 

 

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlarining o‘sish sur’ati, % da   

(yanvar–dekabr oylarida)  

 

 

Samarqand tumanida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari moliyaviy xizmatlar (124,4 %), yashash va ovqatlanish xizmatlari (121,4 %) da qayd etilgan bo‘lsa, sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar (104,3 %) da pasayish kuzatildi.

Teglar
Insurance Policy