insurez
16-03-2024 10:53


Samarqand tumanida faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari

RO‘YXATI

Partiya nomi

Partiya logotipi

Asosiy maqsadi

Partiya tuman Kengashi raisi

F.I.Sh

Tug‘ilgan yili va joyi

1

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi

Partiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarida milliy o‘zlikni anglashning o‘sishi, milliy g‘urur, Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘usini shakllantirish hamda mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish;

o‘z safida yurtning vatanparvarlarini birlashtirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini O‘zbekiston manfaatlari hamda uning xalqaro obro‘-e’tiborini oshirish yo‘lida safarbar etish;

yoshlarni o‘z Vatanini hurmat qilish, sevish va u bilan faxrlanish, har qanday sharoitda milliy mustaqillikni, xalqning qadriyatlari, an’analari va urf-odatlarini asrash va himoya qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, uning ma’naviy ehtiyojlari va qiziqishlarini cheklashga bo‘lgan urinishlarga qarshi kurashishga ta’sirchan hissa qo‘shish.

Мardanov Said Sabirovich

20.04.1963 yil

Samarqand tumani

2

“Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi” (O‘zLiDeP)

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati- O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

 

Siyosiy kuch sifatida birlashgan holda tadbirkor va ishbilarmonlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar ochish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning ushbu tabaqasi manfaatlarini himoyalash barobarida uning ertangi kunini ta’minlash.

Partiyaning davlat boshqaruvi, jamiyatda shakllanayotgan qarashlarga ta’sir o‘tkazish, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi ishtirokini ta’minlash. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti bilan bog‘liq muammolarni hal qilish, O‘zbekistonning xalqaro obro‘yini oshirishda, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlashda, millatlararo va fuqarolararo ahillik va totuvlikni mustahkamlash ishida faol qatnashish. Yoshlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, o‘z elim, o‘z yurtim, jon O‘zbekistonim, deya g‘ururlanib yashash ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shish, har qanday sharoitda mustaqillik yo‘limiz, qadriyatlarimiz, milliy va diniy an’analarimiz, urf-odatlarimizni qadrlash, shu bilan birga, barcha millat va elatlar qadriyatlarini kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, bunday xurujlarga qarshi izchil kurash olib borish.

Umarov Abdujabbor Djalolovich

24.02.1967 yil

Samarqand tumani

3

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

 

O‘zbekiston XDPning ijtimoiy adolat va ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar manfaatlarini himoya qilishga bel bog‘lagani uning mamlakat siyosiy kuchlari so‘l qanoti bo‘lishligini belgilaydi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi O‘zbekistonning mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatanimizning gullab-yashnashini ta’minlash, mamlakatda fuqarolik va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik, har bir oila va butun xalq farovonligiga erishish kabi umummilliy manfaatlarni o‘z mafkurasi va siyosiy faoliyatining poydevori, deb biladi.

Xalqimizning mustaqillik va ozodlik, tenglik va adolat, tinchlik va totuvlikka azaliy intilishlari partiyamiz mafkurasining tabiiy sarchashmalaridir. U xalqimizga hamisha xos bo‘lgan va bugun ham uning mentalitetini belgilaydigan hamjihatlik, jamoaviylik prinsiplariga tayanadi.

Davronov Zokir Karimovich

28.02.1962 yil

Samarqand tumani

4

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

 

O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining asosiy maqsadlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlashga; Respublikada kechayotgan islohotlarning jadallashuviga, huquqiy, demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurishga; jamiyat hayotining barcha jabhalarida ijtimoiy adolat g‘oyalarini qaror toptirishga; aholining kam ta’minlangan ehtiyojmand qatlamlari uchun zarur ijtimoiy muhofazani taminlashga munosib hissa qo‘shishdan iborat.

“Adolat” SDP ning ijtimoiy asosi – o‘rtahol va ehtiyojmand aholi tabaqalari bo‘lib, partiya ularning siyosiy va ijtimoiy irodalarini namoyon etishga intiladi. Aholining kam taminlangan qatlamlarini ijtimoiy muhofaza etishga ko‘maklashadi, ijtimoiy adolat tamoyillariga qat’iy amal qilib, ularning manfaatlarini, haq-huquqlarini himoya qiladi.

Quddusova Zuxra Maxbubovna

10.12.1956 yil

Samarqand tumani

5

O‘zbekiston ekologik partiyasi

O‘zbekiston ekologik partiyasi partiyasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

 

O‘zbekiston ekologik partiyasi fraksiyasi fuqarolarning hozirgi va kelgusi avlodi qulay atrof-muhit sharoitida yashash, aholi salomatligini yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish huquqlarini hamda ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va salohiyatini safarbar qilishga intiladi.

Бaxronov Sanjar Nayim o‘g‘li

21.08.1992 yil

Toyloq tumani

 

Teglar
Insurance Policy