|
Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar
(2023-yilning yanvar-dekabr oylarida)
|
Jami |
Aholi jon boshiga |
|||||||
mlrd. so‘m |
2022-yilning |
ming so‘m |
2022-yilning |
||||||
Sanoat |
2 213,7 |
105,0 |
8 197,0 |
102,8 |
|||||
Iste’mol tovarlari |
1 157,4 |
115,3 |
4 285,6 |
112,8 |
|||||
Asosiy kapitalga investitsiyalar |
4 327,8
|
99,1
|
16 023,0
|
97,0
|
|||||
Qurilish ishlari |
648,8 |
100,2 |
2 402,0 |
98,1 |
|||||
Chakana tovar aylanmasi |
2 535,8 |
110,9 |
9 388,5 |
108,5 |
|
||||
Xizmatlar, jami |
2 206,4 |
124,0 |
8 168,8 |
121,4 |
|
||||
Tashqi savdo aylanmasi
(mln. AQSh dollari)
|
Tashqi savdo aylanmasi |
Eksport |
Import |
Saldo |
|
|
|
|
|
2023-yil yanvar-dekabr oylarida |
204,8 |
73,6 |
131,2 |
-57,6 |
Samarqand tumanining Samarqand viloyati bilan solishtirma asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari
|
Hajmi mlrd. so‘m |
2022-yilning |
Tumanning viloyatdagi |
Sanoat mahsuloti |
2 213,7 |
105,0 |
6,8 |
Iste’mol tovarlari |
1 157,4 |
115,3 |
11,1 |
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar |
4 327,8
|
99,1
|
16,2 |
Qurilish ishlari |
648,8 |
100,2 |
6,4 |
Yuk aylanmasi |
63,8 |
111,9 |
3,9 |
Yo‘lovchi aylanmasi |
912,8 |
102,7 |
6,4 |
Chakana tovar aylanmasi |
2 535,8 |
110,9 |
8,4 |
Xizmatlar, jami |
2 206,4 |
124,0 |
7,6 |
Tashqi savdo aylanmasi |
204,8 |
104,6 |
7,2 |
Eksport |
73,6 |
100,8 |
9,9 |
Import |
131,2 |
106,9 |
6,2 |
Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarning tahlili
|
2023-yil yanvar-dekabr mlrd. so‘m |
||
O‘zbekiston Respublikasi |
Samarqand viloyati |
Samarqand tumani |
|
Sanoat |
655 821,90 |
32 676,8 |
2 213,7 |
o‘sish sur’ati, foizda |
106,0 |
105,8 |
105,0 |
Iste’mol tovarlari |
189 009,70 |
10 415,7 |
1 157,4 |
o‘sish sur’ati, foizda |
107,3 |
101,4 |
115,3 |
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi |
426 264,0 |
51 216,4 |
2 827,5 |
o‘sish sur’ati, foizda |
104,1 |
103,0 |
100,7 |
Asosiy kapitalga investitsiyalar |
352 061,1 |
26 584,6 |
4 327,8 |
o‘sish sur’ati, foizda |
122,1 |
132,1 |
99,1 |
Qurilish ishlari |
149 84,1 |
10 069,1 |
648,8 |
o‘sish sur’ati, foizda |
106,4 |
108,9 |
100,2 |
Chakana tovar aylanmasi |
326 160,1 |
30 216,6 |
2 535,8 |
o‘sish sur’ati, foizda |
109,1 |
108,0 |
110,9 |
Jami xizmatlar |
470 286,5 |
28 992,0 |
2 206,4 |
o‘sish sur’ati, foizda |
113,7 |
113,7 |
124,0 |
Eksport, mln.AQSh dollari |
24 426,2 |
746,2 |
73,6 |
o‘sish sur’ati, foizda |
123,8 |
117,2 |
100,8 |
Import, mln. AQSh dollari |
38 141,2 |
2 119,3 |
131,2 |
o‘sish sur’ati, foizda |
124,0 |
122,6 |
106,9 |
Samarqand tumani asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarida kichik biznes ulushi
(2023-yil yanvar-dekabr oylarida, foiz hisobida)
Sanoat |
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi |
Investitsiya |
Qurilish ishlari |
Chakana tovar aylanmasi |
Jami xizmatlar |
Eksport |
Import |
62,4 |
82,2 |
50,1 |
98,4 |
59,9 |
75,2 |
52,9 |
64,1 |
|
Dastlabki ma’lumotlarga asosan 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Samarqand tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 2 213,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,0 % ni tashkil etdi.
2023-yilida 1 157,4 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2022-yil yanvar-dekabriga nisbatan 115,3 foizni tashkil etdi. Jumladan, 645,7 mlrd. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib umumiy hajmga nisbatan 55,8 % ni tashkil qilib,
504,8 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mollari ishlab chiqarildi va umumiy hajmga nisbatan 43,6 % ni (2022-yil yanvar-dekabriga nisbatan mos ravishda 111,9 foiz va 119,7 foiz) tashkil qildi, shuningdek, aroq va sharob mahsulotlari ishlab chiqarish 6,8 mlrd. so‘mni tashkil qilib, umumiy hajmga nisbatan 0,6 % ni tashkil qilganligini kuzatishimiz mumkin.
2023-yilning yanvar-dekabr oylarida iste’mol tovarlari ishlab
chiqarish ulushi, foizda
Sanoat ishlab chiqarishda kichik biznesning hissasi
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz ichki bozorini tovar va xizmatlar bilan ta’minlashda, aholi bandligi va real daromadlarini oshirishda, resurslarni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanishda, ijtimoiy guruhlar daromadlarining nomutanosibligini kamaytirishda, iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy katalizatori hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bozor kon’yunkturasi o‘zgarishlariga ham, iste’molchi talabi o‘zgarishlariga ham tez moslashishga qodir bo‘lib, iste’mol bozoridagi muvozanatni ushlab turishda muhim rol o‘ynaydi, shuningdek, raqobat muhitining shakllanishiga xizmat qiladi.
2023-yilning yanvar-dekabr oylarida tumanda 2 213,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1 380,4 mlrd. so‘m yoki umumiy hajmning 62,4 % ni kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti tashkil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Tumanda sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning tarkibi (mlrd. so‘mda)
Davlat va xususiy sektorning o‘zaro munosabati mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqaror vaziyatni ta’minlashda xususiy biznesning manfaatdorligini oshirishda katta xizmat qiladi. O‘z navbatida, mamlakatimizda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar natijasi o‘laroq Samarqand tumanida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida nodavlat sektorning ulushi salmoqli ekanligini ko‘rish mumkin. Tarmoq korxonalari tomonidan 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida 2 213,7 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi yoki o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105,0 % ni tashkil etdi, shuning bilan birga nodavlat sektorida 2 212,8 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, umumiy hajmga nisbatan 99,9 % ni tashkil etdi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish davlat va nodavlat sektorlarida (foiz hisobidagi ulushi)
Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sanoat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmini shahar hamda tumanlarni viloyat ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash orqali tahlil qilish, sanoat mahsulotini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori dinamikasini kuzatib borish, hududlardagi ustuvor vazifalarni va o‘sish nuqtalarini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘z navbatida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Samarqand tumanida sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi 2 213,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, mazkur ko‘rsatkich Samarqand viloyatining jami sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishida 6, 8 % tashkil etdi. Tumanda ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi aholi jon boshiga 8 197,0 ming so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,8 % ga etkazilganligini kuzatishimiz mumkin.
Shuningdek, tumanda iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishi 1 157,4 mlrd. so‘mni tashkil qilib, Samarqand viloyatining jami iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishida 11,1 % tashkil etdi.
Tumanda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari aholi jon boshiga 4 285,6 ming so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,8 % ga etkazilganligini kuzatishimiz mumkin.
IV. XIZMATLAR |
Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi. Natijada, 2023-yil yanvar–dekabr oylarida xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 2 206,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 124,0 % ni tashkil etdi.
Samarqand tumanida jami xizmatlarning
o‘sish sur’atlari dinamikasi, % da
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bozor xizmatlari ishlab chiqarish
(2023-yil yanvar-dekabr oylari uchun)
|
Mln. so‘m |
O‘sish sur’ati, |
Jamiga nisbatan % da |
|
|
|
|
Xizmatlar – jami |
2 206 404,7 |
124,0 |
100,0 |
shu jumladan asosiy turlari bo‘yicha: |
|
|
|
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari |
80 937,0 |
122,9 |
3,7 |
moliyaviy xizmatlar |
63 758,9 |
124,0 |
2,9 |
transport xizmatlari |
553 878,8 |
108,7 |
25,1 |
shundan: avtotransport xizmatlari |
539 150,1 |
110,4 |
24,4 |
yashash va ovqatlanish xizmatlari |
375 687,3 |
221,4 |
17,0 |
savdo xizmatlari |
738 584,5 |
112,8 |
33,5 |
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar |
53 262,0 |
111,5 |
2,4 |
ta’lim sohasidagi xizmatlar |
23 867,5 |
107,2 |
1,1 |
sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar |
19 002,5 |
104,3 |
0,9 |
ijara xizmatlari |
65 501,3 |
108,8 |
3,0 |
kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar |
66 456,4 |
110,7 |
3,0 |
shaxsiy xizmatlar |
110 507,7 |
111,1 |
5,0 |
me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar |
9 466,8 |
112,9 |
0,4 |
boshqa xizmatlar |
45 494,0 |
145,3 |
2,1 |
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan
(ko‘rsatilgan) bozor xizmatlarning hajmi, mln. so‘mda
(yanvar–dekabr oylarida)
Samarqand tumanida eng katta xizmatlar hajmi savdo xizmatlari (738 584,5 mln. so‘m) va transport xizmatlari (553 878,8 mln. so‘m) ga to‘g‘ri keladi.
Eng kichik xizmatlar hajmi esa me’morchilik xizmatlar (9 466,8 mln. so‘m) ga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar tarkibi, foizda
(yanvar–dekabr oylarida)
Xizmatlar sohasida faoliyat turlari bo‘yicha eng yuqori ulush savdo xizmatlari (33,5 %) va transport xizmatlari (25,1 %) da kuzatilgan bo‘lsa sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar (0,9 %) va me’morchilik xizmatlar (0,4 %) hamon pastligicha qolmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlarining o‘sish sur’ati, % da
(yanvar–dekabr oylarida)
Samarqand tumanida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari moliyaviy xizmatlar (124,4 %), yashash va ovqatlanish xizmatlari (121,4 %) da qayd etilgan bo‘lsa, sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar (104,3 %) da pasayish kuzatildi.