insurez
07-11-2025 21:16


Samarqand tumanida tuman hokimi, tuman prokurori hamda tuman IIB boshlig'i korrupsiyani va jinoyatchiliklarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash  borasida qilinishi zarur bo‘lgan ishlarga to‘xtalib, amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tavsiya va ko'rsatmalarini berib o'tdilar.

Iqtisodiyot va Pedagogika Universiteti Samarqand kampusida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

🔹 Samarqand tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Sh.X. Tog‘ayev ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda korrupsiyani oldini olish, Yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish haqida so‘z yuritildi.

🔹 Yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan asrash, shuningdek giyohvandlik va psixotrop moddalar muomalasi bilan bog‘liq salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama qilindi.

🔹 Kiberxavfsizlik masalasi ham kun tartibidan o‘rin oldi. Yoshlarning internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanishi, kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lishi hamda zararli axborot oqimlaridan himoyalanishi zarurligi alohida ta’kidlandi.

KORRUPSIYA—JAMIYAT KUSHANDASI

Bugun, tuman hokimligi apparat xodimlari bilan, “Korrupsiya—jamiyat kushandasi” mavzusida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda, tuman hokimi S.Usmanov tomonidan, korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelishi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.