insurez
16-03-2024 10:48


Samarqand tuman hokimi Usmanov Sirojiddin Xayrulaevichning tuman aholisiga yangi yil tabrigi

Aziz tumandoshlar!

 

Sizlarni kirib kelayotgan Yangi 2024- yil bilan samimiy muborakbod etaman.

 

Bugun biz vaqtning azim daryodek shiddat bilan o‘tishiga yana bir bora guvoh bo‘lib, yangi yilga, hayotimizning yangi bir dovoniga qadam qo‘ymoqdamiz.

 

O‘tayotgan yilni kuzatar ekanmiz, yil davomida boshimizdan kechirgan, yon-atrofimizda bo‘lib o‘tgan tashvishli va quvonchli voqealarni, amalga oshirgan ishlarimizni beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazib, shu kunlarga yetkazgani uchun shukrona qilamiz.

 

Mana shunday hayajonli damlarda har qaysi inson Yangi yilni kutib olar ekan, qalbida, yuragida saqlab kelayotgan ezgu orzu-umidlarning ushalishini, oilasi, yaqinlari, ona yurti tinch-omon bo‘lishini, yangi yil yanada xayrli va barakali bo‘lishini hayolidan o‘tkazadi.

 

O‘tgan yil davomida tumanimizda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlarini, o‘zgarishlarni, xonadonlarimiz, mahallalarimiz qiyofasining tobora ko‘rkamlashib borayotganini hisobga olib, xolisona 2023 - yil barchamiz uchun fayzli, barakotli bo‘ldi, deb ayta olamiz.

 

Zero, o‘tgan yilda ham mamlakatimizda aholini ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash, mehr-saxovatli bo‘lishdek xalqimizga xos bo‘lgan qadriyatlar, yuksak fazilatlar yanada ko‘proq namoyon bo‘ldi.

 

Tumanimizda o‘tgan vaqt ichida keng ko‘lamdagi bunyodkorlik, qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Markaziy va ichki ko‘chalarga asfalt hamda beton qoplamalari yotqizildi. Aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan turli loyihalar amalga oshirildi.

 

O‘tayotgan yil davomida tumanimiz aholisiga munosib tuhfa sifatida ko‘plab ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy soha ob’ektlari foydalanishga topshirildi.

 

2023 yilda erishgan muvaffaqiyatlarimiz, yutug‘larimiz haqida ko‘plab gapirishimiz mumkin. Lekin shu bilan birga kelgusida qilishimiz lozim bo‘lgan ishlarimiz ham juda ko‘p.

 

Albatta, biz kelgusida ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha Samarqand tumanini yanada obod va ko‘rkam, eng namunali tumanga aylantirish borasidagi ishlarimizni izchil davom ettiramiz. Bu borada esa siz azizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz bizga katta kuch beradi.

Aziz samarqandliklar!

Yana bir bor barchangizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan qutlayman. Ilohim, kirib kelayotgan 2024-yil har birimiz uchun omadli, fayzli, barakotli, xosiyatli va samarali yil bo‘lsin.

Sihat- salomatlik, xonadonlaringizni tinchlik va xotirjamlik, fayzu-baraka tark etmasin.

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

 

 

Tuman hokimining 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Assalomu alaykum, aziz ayollar!
Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!

Avvalo, barchangizni jannatmakon yurtimizga tashrif buyurgan ezgulik va go‘zallik bayrami – 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tumanimiz faollari, keng jamoatchik nomidan samimiy tabriklayman!

Biz hayotimizda turli sanalarni bayram sifatida keng nishonlaymiz. Shular qatorida ko‘ngillarimizga go‘zallik va xursandchilik, fayzu tarovat olib keladigan 8-mart bayrami alohida o‘rin tutadi. 

Hurmatli onaxonlar, opa-singillar, munis qizlar!

O‘zingiz kabi chiroyli va dilbar bayramingiz bilan yana bir bor tabriklar ekanman, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Farzandlaringiz va yaqinlaringiz baxtiga hamisha omon bo‘ling. Umringiz uzoq, rizqu nasibangiz ziyoda, baxtingiz to‘kis bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Samarqand tumani hokimi
Sirojiddin Usmanov

 

 

 

 

 

Tuman hokimining Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Assalomu alaykum qadrli tumandoshlar!

Vatan ozodligi, yurtimiz tinchligi uchun Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan, urushdan keyingi mehnat frontida fidoyilik ko‘rsatgan muhtaram nuroniylarimizni, tumanimiz ahlini Xotira va Qadrlash kuni bilan samimiy qutlayman. 

Xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish – bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.

Ana shu qadriyatlarimizdan biri 9 may – Xotira va Qadrlash kuni tumanimizda keng nishonlanmoqda. Shu fursatdan foydalanib, urush qatnashchilarini, muhtaram faxriylarimizni, hamyurtlarimizni qutlug‘ bayram bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Barchaga tinchlik-omonlik, baxt-saodat hamisha hamroh bo‘lsin!

Sirojiddin Usmanov, 
Samarqand tumani hokimi.