insurez
16-03-2024 10:48


Samarqand tumanida tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘rnatilgan o‘zaro munosabatlar

Samarqand tumanida tadbirkorlik subeklari bilan o‘zaro munosabatlar o‘rnatilgan bo‘lib, jumladan hududiy investitsiya loyihalari doirasida amalga oshirilgan va bugungi kunda amalga oshirilayotgan loyihalarda, shuningdek davlat investitsiya dasturlari doirasida ishga tushirilgan hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan loyihalarda doimiy monitoring tizimi joriy etilgan bo‘lib, tadbirkorlarning muammo va takliflari doimiy ravishta joyiga chiqqan xolda o‘rganilib, qonuniy tartibda tezkorlik bilan hal etish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari tumanda faoliyat olib borayotgan eksportyor korxonalar faolitini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida eksport oldi va eksport jarayonlari doimiy ravishda monitoring ishlari yo‘lga qo‘ilgan bo‘lib, ularning muammolarini aniqlab, tezkorlik bilan xal etish bo‘yicha tizim yaratilgan hamda aniqlangan muammo va takliflar doimiy ravishda viloyat eksport shtabiga taqdim etib borilmoqda. Jumladan, Eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, korxonalarga moliyaviy yordamlar, transport xarajatlarini qoplash, ko‘rgazmada ishtirok ekish, eksport oldi xarajatlarni qoplash, xalqaro sertifikatlarni olish, sug‘urta xarajatlarini qoplash kabi moliyaviy yordamlar berish bo‘yicha amliy ishlar olib borilmoqda.

Tumanda xaftaning chorshanba kunlari Savdo sanoat palatasi bilan birgalikda tuman hokimi boshchiligida tadbirkorlar qabuli tashkil etilgan bo‘lib, unda tadbirkorlarni qiynayotgan muammoli masalalar hamda takliflar eshitiladi va muammoning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar beriladi.