insurez

Rahbaryat


  • Baratova Madina Mumindjanovna


    Lavozimi: Samarqand tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i


    Qabul kunlari:Dushanba-Juma


    E-mail:Baratova1982@mail.ru


    Telefon raqami:(66) 612-52-38

  • None

    Tuman hokimi o‘rinbosari-Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari

    va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat va tuman xokimining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshiradi;

    Quyidagilar tuman hokimi o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

    a) xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning roli va faolligini oshirish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirsh sohasida:

    xotin-qizlarning maqomini, ma’naviy va intellektual salohiyatnii oshirish, ularning huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, huquqiy madaniyatini, oila va jamiyatdagi rolini oshirish;

    davlat va jamoat organlarini jalb etgan holda yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish sohasida tadbirlar kompleksini amalga oshirish bo‘yicha tizimli ish olib borilishini tashkil etish;

    xotin-qizlar masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishida va ularni amalga oshirishda, ularning mohiyati va ahamiyatini targ‘ib qilish va tushuntirishda, ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishda faol ishtirok etish;

    qizlarning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va rag‘batlantirish maqsadida Zulfiya  nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarni  tayyorlash tizimini takomillashtirish, iqtidorli, qobiliyatli qizlar zaxirasi bilan tizimli ish olib borilishini tashkil etish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bo‘yicha hududiy komissiya faoliyatini takomillashtirish;

    tashabbuskor, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan qizlardan kadrlar zahirasini shakllantirish va ularning nomzodlarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yo‘lga qo‘yish;

    xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga shaffofligini ta’minlash, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishga ko‘maklashish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish;

    xotin-qizlar va ularning oila a’zolari huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ishlarda xotin-qizlar qo‘mitalari bilan fuqarolik jamiyati institutlari va boshqaruvi organlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, xotin-qizlarga manzilli ijtimoiy yordam berish ishlarini tashkil etish;

    b) og‘ir vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga yordam berish sohasida;

    joylarda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni o‘z vaqtida aniqlash, ular bilan aniq maqsadga yo‘naltirilgan va yakka tartibda ish olib borilishini tashkil etish;

    yordamga muhtoj bo‘lgan, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar, to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan va turar joy sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj  bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish;

    yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, ularning oilalari va bolalari uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam turlarini aniqlash va ular bilan ta’minlash, shaxslarning ushbu toifasining huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun davlat organlariga va tashkilotlarga murojaat qilishga ko‘maklashish;

    yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalarning qizlarini o‘qitish maqsadida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning dam olishini hamda ularga zarur tibbiy va psixologik yordam berilishini tashkil etish; 

    oilaviy va shaxslararo nizolarning, o‘z joniga qasd qilish hamda jamiyat va oilada ma’naviy-axloqiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlarning barvaqt profilaktikasi bo‘yicha  manzilli ishlar olib borish;

    oialalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, keksa va hurmatga sazovor, jamiyatda katta obro‘ga ega bo‘lgan ayollar va fuqarolarni faol jalb etgan holda joylarda oilaviy ajralishlarning oldini olish ishlarini tashkil etish, namunaviy oilalarning hayot tarzini targ‘ib qilish;

    oilaviy munosabatlarni sog‘lomlashtirish, nikoh va oila institutini mustahkamlash, nikoh shartnomalarining xususiyatlari va shartlari, farzandlar tarbiyasi uchun ota-onalarning bevosita mas’uliyati, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan bog‘liq tizimli targ‘ibot  tadbirlarini yo‘lga qo‘yish;

    v) xotin-qizlarni ishga joylashtirish va ularning ijtimoiy va mehnat huquqlarini ta’minlash sohasida;

    bandlik dasturi doirasida xotin-qizlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish, ular bandligining sifati, doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanganligi yuzasidan nazoratni yo‘lga qo‘yish;

    xotin-qizlarni, ayniqsa qishloq joylardagi yosh qizlarni tadbirkorlik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanishga keng jalb etishga ko‘maklashish, ushbu maqsadlar uchun kredit va boshqa resurslarni jalb etish;

    xotin-qizlarning mehnat qilish huquqlarini himoya qilish ishlarining holatini o‘rganish va tahlil qilish, mehnat munosabatlari sohasida, shu jumladan, homilador ayollarga va kichik yoshdagi bolalari bo‘lgan ayollarga qo‘shimcha imtiyozlar berish sohasida davlat va nodavlat tashkilotlarining mustahkam hamkorligini yo‘lga qo‘yish;

    tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni xohlaydigan ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratishda ko‘maklashish, berilgan imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanilishi masalalarini tartibga soluvchi, davlat ro‘yxatidan va boshqa tartibotlardan o‘tish, mehnat munosabatlariga kirishish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar olishda ularga yordam berish;

    g) jinoyat sodir etishga moyil bo‘lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish orqali xotin-qizlar orasida huquqbuzarilklarning barvaqt profilaktikasi sohasida:

    huquqni muhofaza qilish organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni tashkil etish;

    xotin-qizlar orasida huquqiy tarbiya va huquqiy targ‘ibot, huquqiy madaniyatni oshirish ishlarini tashkil etish, oilalarda ijtimoiy-madaniy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarning oldini olish  chora-tadbirlarini belgilash;

    jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib borish bo‘yicha ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilish;

    jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, maxsus o‘quv-tarbiya muassasalaridan, ijtimoiy reabilitatsiya va xotin-qizlarni moslashtirish muassasalaridan qaytgan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya  qilish va moslashtirishni tashkil etish.

    d) "yo‘l xaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

    mutasaddilik qiladigan tashkilotlar bilan birgalikda xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, tumanning tegishli tarmoqlari va hududlaridagi masalalar bo‘yicha "yo‘l xaritalari" loyihalariga kiritish va takliflar tayyorlanishiini tashkil etish;

     

    majmua vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va Samarqand viloyatiga safarlari natijalari bo‘yicha tasdiqlangan "yo‘l xaritalari" bajarilishi ustidan tizimli nazorat amalga oshirilishini muvofiqlashtirish.

    mutasaddilik qilinadigan masalalar yuzasidan tashkilotlar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklarining "yo‘l xaritlari" amalga oshirilishi to‘g‘risidagi batafsil axboroti, materiallar va hisobotlar tahlil etilishini ta’minlash hamda ularni muhokama qilish uchun tuman hokimligi majlislariga kiritish;

    "Yo‘l xaritlari" amalga oshirilishi samaradorligi yuzasidan taqdim etiladigan axborot va materiallarni  har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va umumlashtirish.

    qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

    Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bo‘yicha tuman komissiyasi faoliyatini muvofiqlashtiradi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-son Farmoni amalga oshirilishi bo‘yicha

    chora-tadbirlar bajarilishini muvofiqlashtiruvchi tuman komissiyasi ishi tashkillashtiradi.

    Quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib boradi:

     “Sog‘lom avlod uchun" jamg‘armasi;

    “Tadbirkor ayol” uyushmasi tuman bo‘limi;

    “Qizil yarim oy” jamiyati;

    “Oila” ilmiy-amaliy markazi tuman bo‘limi;