insurez

Rahbaryat


  • Maxmudov Akbar Gafurdjonovich


    Lavozimi: Samarqand tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari


    Qabul kunlari:Dushanba-Juma


    E-mail:Maxmudov1984@mail.ru


    Telefon raqami:(66) 612-52-35

  • None

    Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish

    va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

    Kompleksga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Sohaga dahldor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat xokimi qarorlari va farmoyishlari, xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimi qarorlari ijrosini tashkil etadi.

    Yoshlar siyosati sohasida:

    yoshlar, ya’ni o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, ta’lim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

    umumta’lim maktablarining 11 sinflari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish va ta’lim tizimida o‘qish bilan to‘liq qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

    kasb-xunar kollejlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, ularni xududlar kesimida optimal joylashtirish, iste’dodli yoshlarni qamrab olish, o‘quv jarayoni sifatini oshirish;

    oliy ta’lim yo‘nalishlari va oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ko‘rsatkichlarining hududlar bo‘yicha optimal taqsimoti yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish, bitiruvchilarni chuqur professional bilimlarga ega bo‘lishlariga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

    ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘quv jarayoni sifatini, o‘quvchi-talabalarning davomatini ta’minlash yuzasidan aniq choralarni ko‘rish va nazorat qilish, bu borada ta’lim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarni o‘zaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;

    uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini tashkil etish, ta’lim jarayoniga xalqaro normalar va talablarga javob beradigan ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ta’lim standartlarini joriy etish ishlarini amalga oshirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash hamda shu asosda ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, uning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

    aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish, “ommaviy madaniyat”ning ko‘rinishlariga qarshi ma’naviy profilaktika ishlariga rahbarlik qilish;

    ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillariga, kompyuter texnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilg‘or ko‘nikmalariga o‘rgatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;

    yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqish, turli to‘garaklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish;

    yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak ma’naviyatini qaror toptirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;

    yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

    ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida “oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik konsepsiyasini amalga oshirishga rahbarlik qilish;

    uyushmagan yoshlarning manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;

    uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojini aniqlash bo‘yicha monitoring olib borish va baholash, kasbga o‘rgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va o‘rta biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

    yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishning tizimli monitoringini tashkil etish, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish,yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;

    yoshlar tadbirkorligi hamda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda ko‘maklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va texnik vositalar bilan ta’minlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish;

    yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish, kam ta’minlangan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy yordam berish choralarini ko‘rish;

    har tomonlama kamol topgan, qat’iy e’tiqodga va qarashlarga ega bo‘lgan, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish bo‘yicha turli chora-tadbirlar belgilash;

    yosh avlodning huquqiy savodxonligini va ijtimoiy faolligini oshirishga, shuningdek yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olishga yo‘naltirilgan ishlarni tashkil etish;

    yoshlarning ish bilan bandligi, ularni kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, shuningdek yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalarini hal qilishga ko‘maklashish;

    iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish ishlarni tashkil etish.

    Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:

    aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, xayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan baxramand bo‘lish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

    aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini o‘rganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish;

    sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar saloxiyatini oshirish borasida  tizimli ishlarni amalga oshirish;

    qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini oshirish, har bir inson va butun oila darajasida eng ko‘p uchraydigan kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonini tashkil etish, oilalarni patronaj tizimi bilan to‘liq qamrab olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini, shu jumladan sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

    aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tug‘ma va irsiy kasalliklarni oldini olish, rivojlanish nuqsoni bo‘lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida to‘laqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

    aholiga tashhis qo‘yishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘lamini yanada kengaytirish. Jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullarga bo‘lgan aholi ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan tadbirlar ijrosini ta’minlash;

    aholini dori vositalari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli dori vositalar va tibbiy buyumlar bilan ta’minot darajasini oshirish, mahalliy farmasevtika sanoatiga investitsiyalar kiritish uchun chet el yetakchi kompaniyalari va investorlarini jalb qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;

    sport sohasida olib borilayotgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, sportni ommaviyligini oshirish, qizlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, barcha hududlar, ayniqsa eng chekka qishloqlarida xalqaro talablarga javob beradigan moddiy-texnik bazaga ega zamonaviy sport inshootlarini barpo etish;

    bolalar va yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, jismoniy sog‘lom yosh avlodni shakllantirish, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash va ulardan samarali foydalanish, ularni jahon standartlariga javob beradigan jihozlar va uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rish;

    aholining turmush madaniyatini, hayot sifatini oshirishga qaratilgan ta’lim, dam olish va hordiq chiqarish, bandlik, maishiy xizmatlar ko‘rsatish, madaniyat, san’at va sport sohalari muassasalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

    Madaniyat va san’atni rivojlantirish, milliy madaniy va ma’naviy merosni ehtiyotlab asrash va ko‘paytirish, aholining madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o‘sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish, shuningdek madaniyat, bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirishni muvofiqlashtirish va takliflar ishlab chiqish ishlarini tashkil etish;

    mahalla fuqarolar yig‘inlari, xotin-qizlar, nuroniylar, yoshlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyatlari institutlari, ommaviy axborot vositalarining tinch osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlashga qaratilgan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish.

    Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida:

    aholi o‘rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targ‘ibot va tashviqotini tashkil qilish;

    aholining ma’naviy muammo va ehtiyojlarini o‘rganib borish asosida hududda ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;

    aholining ma’naviy-axloqiy, diniy-ma’rifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o‘sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy merosni, urf-odat va qadriyatlarni saqlash, targ‘ib qilish ishlariga rahbarlik qilish;

    hududda sog‘lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarning maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish;

    hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, yoshlarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targ‘ibot tizimini yo‘lga qo‘yish;

    aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik ma’rifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qilish;

    aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shafqat, muruvvat va himmat, insofu diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, olijanoblik va boshqa fazilatlarni targ‘ib qilish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda mahalla institutining o‘rni va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;

    demokratik o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligini mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda mahalla institutining roli va ahamiyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

    fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari oldida turgan, shu jumladan, yoshlarni ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kasbga yo‘naltirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini tashkil etish, tabiatni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

    fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan zarur sharoitlar yaratish, fuqarolar yig‘inlariga qonunchilikda berilgan vakolatlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashish ishlarini tashkil etish;

    O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining mintaqaviy tuzilmalariga ularning vazifalarini amalga oshirishda, shu jumladan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga metodik, amaliy va moddiy-texnik yordam ko‘rsatish sohalarida ko‘maklashish;

    fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini, kasbiy va boshqaruv ko‘nikmalarini, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini oshirishni muntazam tashkil etish;

    fuqarolar yig‘inlari raisi va uning maslahatchilari saylovlarini tashkil etish va o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga davlat organlarining ko‘maklashishini ta’minlash, zarur hollarda ularni xonalar, transport vositalari va aloqa vositalari bilan ta’minlash;

    fuqarolar yig‘inlari ishlarini tizimli tahlil qilish, shu jumladan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining mintaqaviy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatlaridan foydalangan holda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati sohasida qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

    tumanda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil qilish;

    ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, ommaviy tadbirlarni o‘tkazishning belgilangan tartibiga rioya etish yuzasidan nazoratni ta’minlash;

    Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy va diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat olib borish;

    davlat organlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;

    qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlarning manfaatlarini hisobga olish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish;

    davlat organlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro harakatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;

    "Haj" va "Umra" tadbirlarini o‘tkazishda mahalliy davlat, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

    ma’naviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy e’tiqodlari va urf-odatlariga qarshi yo‘naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot g‘oyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;

    millatlararo totuvlikni va diniy bag‘ri kenglikni ta’minlashda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirish;

    millatlararo do‘stlik prinsiplarini qaror toptirishga, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan jamoatchilik tashabbuslarini rag‘batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash chora-tadbirlarini ko‘rish;

    O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasining va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining mintaqaviy tuzilmalari faoliyatiga ko‘maklashish.

    Hokim o‘rinbosari:

    tumanda din bilan bog‘liq, millatlararo munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni muntazam o‘rganadi, ularni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqadi;

    O‘zbekiston Musulmonlari idorasi va boshqa diniy tashkilotlar, “Nuroniy”, FJShMQMIning hududiy bo‘limi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari tuman bo‘limi, siyosiy partiyalar, tuman kasaba uyushma tashkilotlari, milliy madaniyat markazlari va do‘stlik jamiyatlarining hududiy tuzilmalari tomonidan ustavida belgilangan vazifalarning samarali bajarilishiga ko‘maklashadi va muvofiqlashtiradi, ularning faoliyatini yanada takomillashtirishga doir takliflar kiritadi.

    tuman hokimining ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, millatlararo va dinlararo do‘stlik-totuvlikni ta’minlashga qaratilgan qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlaydi;

    muvofiqlashtiriladigan tashkilotlarning ustav faoliyatini samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirish, shuningdek, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayinlash va vazifasidan ozod etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni bajarishda respublika hamda markaziy tuzilmalar rahbariyati bilan hamkorlik qiladi;

    aqidaparastlik va missionerlikka qarshi kurash, konfessiyalar va millatlararo hamkorlik va bag‘rikenglikni ta’minlash borasidagi ishlarning saviyasi va ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha qabul qilinadiganhukumat dasturining to‘liq amalga oshirilishini ta’minlaydi;

    diniy ekstremizm va missionerlik faoliyati g‘oyalarining tarqalishiga qarshi tushuntirish hamda profilaktika ishlarini tashkil etishni muvofiqlashtiradi;

    diniy vaziyatning o‘zgaruvchanligi qayd etilgan hududlarda ekstremizm, terrorizm va aqidaparastlikning zararli oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish va profilaktika ishlarini tashkil etish;

    jazoni ijro etish muassasalarida diniy ekstremistik oqimlar a’zolari bo‘lgan mahbuslar bilan profilaktik va tushuntirish ishlarini tashkil qiladi;

    davlat va jamoat tashkilotlari, mahalla yig‘inlarida, aholining alohida ijtimoiy qatlamlari jumladan, xususiy tadbirkorlar, vaqtincha ishsizlar va uyushmagan yoshlar o‘rtasida ekstremistik oqim, missionerlik bilan bog‘liq tahdidlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish;

    diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi targ‘ibot tadbirlarining ta’siri va samaradorligini oshirish, targ‘ibotchilarning nutq madaniyati va auditoriya bilan ishlash malakasini o‘stirishga bag‘ishlangan o‘quvlar tashkil etish;

    diniy ma’rifat va ma’naviy axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, mahalla posbonlari, uchastka nozirlari bilan diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlarini muvofiqlashtirib boradi;

    imom-xatiblarning dunyoda sodir bo‘layotgan voqea hodisalar, ularning mazmun-mohiyati haqida bilim va tasavvurini yanada kengaytirish, ularning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida o‘quvlar tashkil etish;

    nosog‘lom “tariqat” g‘oyalarini tarqatayotgan yetakchilar va ularning joylardagi vakillari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish;

    maktabning yuqori sinf o‘quvchilari hamda kollej o‘quvchilari bilan “Ma’rifiy islom aqidaparastlikni qoralaydi”, “Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzularida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;

    xorijga ishga ketayotgan fuqarolarning diniy ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan tushuntirish hamda uzoq muddat xorijiy safarda bo‘lib qaytgan mehnat migrantlari bilan profilaktik ishlarni amalga oshirish;

    tuman gazeta va jurnallarda aqidaparastlik guruhlarning buzg‘unchi g‘oyalari va jinoiy faoliyatini fosh etuvchi maqolalar tayyorlash;

    xotin-qizlar o‘rtasida diniy ahvolni monitoring qiladi, vaqtincha ishsiz ayollar, uy bekalari bilan diniy ekstremistik oqim a’zolari va missionerlar faoliyati ta’siriga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan tushuntirish va profilaktik ishlarini kuchaytirish.;

    ayollar orasida diniy mutaasiblikka berilishning oldini olishga qaratilgan turkum ko‘rsatuvlar tashkil etish;

    mutaassib diniy qarashlar va xurofotga berilgan otinoyilar bilan yakka tartibda profilaktik tadbirlar uyushtirish;

    tuman markazlarida ixtisoslashgan mazmundagi mahsulotlarning savdo do‘konlari faoliyatini tartibga solish va uni takomillashtirish;

    diniy mazmundagi mahsulotlarni noqonuniy tarzda ishlab chiqarish, tarqatish va respublikaga olib kirish holatlarini oldini olishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarni kuchaytirish;

    o‘quv markazlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, internet kafelarning faoliyatida missionerlik holati mavjudligi bo‘yicha o‘rganish;

    rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan noislomiy diniy tashkilotlarning nizomi asosida faoliyat yuritishini nazorat qilish;

    faol missionerlik holatlari kuzatilgan hududlarda profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish, maktabning yuqori sinf o‘quvchilari hamda kollej o‘quvchilari bilan missionerlik va prozelitizm bilan bog‘liq salbiy holatlarini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish ishlarini tashkil etish;

    OAVlarda xalqimiz bag‘rikengligini va davlatimiz tomonidan barcha millatlar uchun yaratilgan sharoitlar, turli elatlarning hamjihat hayotini targ‘ib etish, tumanda yashovchi millat va elatlar hayoti haqida hikoya qiluvchi maqolalar, ko‘rsatuvlar, axborotlar, videoroliklar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida namoyish etishni tashkil etish;

    NNTlarning demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi roli va ahamiyatini kuchaytirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

    yuridik va jismoniy shaxslarning millatlararo va dinlararo munosabatlar, diniy huquq va erkinliklarni ta’minlashga taalluqli shikoyat hamda arizalarini o‘rganadi, tegishli tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan huquqbuzarlik va kamchiliklarni bartaraf etish uchun o‘tkazilgan o‘rganish hamda tekshiruvlar natijalari bo‘yicha materiallarni yuboradi;

    “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha hududiy komissiya faoliyatiga shaxsan rahbarlik qiladi, ziyoratchilar ro‘yxatini tuzishda ijtimoiy odillikni ta’minlaydi;

    jamiyat manfaati yo‘lida jamiyatda rahimdillik va insonparvarlik g‘oyalarini joriy etishga ko‘maklashadigan ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirish hamda mustahkamlashga qaratilgan amaliy tashabbuslarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarga yordam berish ishlarini tashkil etadi;

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan loyihalarni samarali amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarga ko‘maklashadi, mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojlantirish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlarning xalqaro hamkorligiga yordam beradigan chora-tadbirlar tizimini hayotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat xokimining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

    tasarrufidagi tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi

    12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

    jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;

    qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

    Quyidagi komissiya va Kengashlarishigarahbarlikqiladi:

    tumanda Ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish komissiyasi;

    Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturini amalga oshirishni tashkil etish va nazorat qilish tuman komissiyasi;

    tumanda muborak “Haj” va “Umra” ziyoratiga borish masalalarini muvofiqlashtiruvchi komissiyasi;

    tuman hokimligi huzuridagi Milliy madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashi;

    qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

    Quyidagi komissiya va Kengashlar ish faoliyatini tashkil etadi:

    Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining tuman kuzatuv Kengashi ;

    Yoshlar masalalari bo‘yicha tuman idoralararo Kengashi;

    tuman Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi;

    Geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi;

    tuman hokimligi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyasi;

    tumanda epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasi;

    tumanda bolalarni yozgi sog‘lomlashtirish va dam oldirish komissiyasi;

    Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya berish bo‘yicha tuman komissiyasi;

    Tanosil kasalliklariga qarshi kurashish tuman idoralararo komissiyasi;

    Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya;

    OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman komissiyasi;

    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tuman Kengashi.

    Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat hokimligi bilan o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

    O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi;

    tuman xalq ta’limi bo‘limi;

    o‘rta-maxsus kasb-hunar kollejlari;

    tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi;

    tuman tibbiyot birlashmasi;

    tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi;

    tuman madaniyat bo‘limi;

    tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limi;

    Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi;

    tuman Mahalla Kengashi;

    ommaviy axborot vositalari (gazeta, radio, televidenie);

    O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi;

    O‘zbekiston Respublikasidagi siyosiy partiyalarning tuman bo‘limlari;

    Kasaba uyushmalari tashkilotlari tuman Kengashi;

    O‘zbekiston Musulmonlar idorasi tuman vakilligi;

    noislomiy diniy tashkilotlar;

    milliy-madaniy markazlari;

    boshqa jamoat tashkilotlari.