Tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Tuman hokimligi apparatiga hamda tumanda iqtisodiyot va tadbirkorlik kompleksiga rahbarlik qiladi. Sohaga daxldor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi va viloyat xokimining qaror va farmoyishlari, xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimi qarorlari ijrosini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi, viloyat va tuman xokimligi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni tashkillashtiradi. Viloyat miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlar ijrosini ta’minlaydi;
tumanning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, xizmat ko‘rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etadi;
iqtisodiyot masalalari bo‘yicha tegishli idoralar, tijorat banklari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqadi va so‘zsiz amalga oshiradi;
tegishli tashkilotlar bilan uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tuman kesimida ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni moliyaviy mablag‘ hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qiladi;
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tuman iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, mahalliylashtirish, qishloq xo‘jaligini barcha sohasini, ayniqsa mevasabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbaalarini aniqlagan holda tumanning mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirishni ta’minlaydi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, viloyat va tuman mahalliy byudjetiga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subvensiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etadi;
qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq xo‘jaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maxsus dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx kon’yukturasini o‘rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshiradi;
inson manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga nakd pul to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qiladi.
chakana va ulgurji savdoni, xizmatlar ko‘rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, aholini iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko‘rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
“yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi yagona markazlarning va davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek davlat organlari bilan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qilish;
ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalari asosida tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi to‘g‘risidagi tahliliy materiallarni tayyorlash va keyinchalik ularni viloyat Iqtisodiyot boshqarmasiga kiritish;
hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar bo‘yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o‘tkazish, shuningdek tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to‘g‘risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo‘li bilan tadbirkorlik sub’ektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etish;
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilish samaradorligini oshirish;
Pochta va telekommunikatsiyalar faoliyati, arxiv ishi va intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat xokimligi va tuman hokimi qarorlari bajarilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat xokimligiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
tasarrufidagi majmua va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi
“Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son hamda 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 140-son qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Quyidagi komissiya va Kengashlar ishiga rahbarlik qiladi:
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tuman komissiyasi;
Jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha tuman hokimligi huzuridagi maxsus komissiyasi;
Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish bo‘yicha tuman chaqiruv komissiyasi;
Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi Kengash;
O‘ta muhim va toifalangan ob’ektlar muhofazasini nazorat qilish komissiyasi;
tuman hokimligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomalarini berish bo‘yicha maxsus komissiyasi;
qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.
Quyidagi komissiya va Kengashlar ishfaoliyatini tashkil etadi:
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya berish bo‘yicha tuman komissiyasi;
Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan komissiya;
tumandagi byudjet tashkilotlarini yuqori malakali kadrlar va mutaxassislar bilan ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda aholi turmush darajasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya.
O‘z vakolati doirasida quyidagi tashkilotlarning tegishli masalalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
tumanhokimligi Moliya bo‘limi;
tuman Davlat soliq inspeksiyasi;
tuman Statistika bo‘limi;
tuman G‘aznachilik bo‘limi;
tuman iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limi;
Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi;
tuman tijorat banklari;
Savdo-sanoat palatasining tuman bo‘limi;
tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi;
“O‘zbektelekom” kompaniyasi tuman filiali;
tuman Arxiv ishi bo‘limi;
tumandagi ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalar.
tumandagi barcha avtomobil savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar;
tumandagi ulgurji sharob savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalar;
Sug‘urta tashkilotlari;
tumandagi Bozorlar bozorlar va savdo komplekslari.
Ganiyev Firdavs Abduraufovich
Lavozimi: Samarqand tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Qabul kunlari:Dushanba-Juma
E-mail:Ganiyev1988@mail.ru
Telefon raqami:(66) 612-54-32