insurez

Rahbaryat


  • Usmanov Sirojiddin Xayrullaevich


    Lavozimi: Samarqand tumani hokimi


    Qabul kunlari:Dushanba-Juma


    E-mail:usmanov1979@mail.ru


    Telefon raqami:(66) 612-55-31

  • None

    Tuman hokimi

    Tuman hokimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va Vazirlar Mahkamasi, viloyat xokimi qabul qilgan hujjatlar va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini tumanni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi;

    o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tumanda joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi;

    O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, viloyat xokimligi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;

    jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;

    tumanni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, tuman mahalliy byudjetining tegishli loyihasini, shuningdek uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni xalq deputatlari tuman Kengashiga taqdim etadi;

    xalq deputatlari tuman Kengashiga tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi;

    Viloyat xokimligi bilan kelishilgan holda tuman hokimining o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Ushbu masalaga doir qabul qilgan qarorlarini tuman Kengashning tasdig‘iga kiritadi;

    hokimlik apparat hodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

    berilgan vakolatlari doirasida tuman tashkilotlari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va amaldagi tartibga asosan tuman Kengashi tasdig‘iga kiritadi. Shuningdek, tegishli korxonava tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlash bo‘yicha viloyat boshqarmalariga takliflar kiritadi;

    xalq deputatlari tuman Kengashi va o‘zi qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;

    davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;

    respublika, viloyat va xorijda tumanning rasmiy vakili sifatida ish ko‘radi;

    qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsientlarni kiritadi;

    aholini qabul qilishni tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning shikoyat, ariza va takliflarini qarab chiqadi, “Xalq qabulxonalari” ni faoliyat ko‘rsatishiga har tomonlama ko‘maklashadi;

    zarurayatga qarab, ammo bir yilda kamida ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyani olib boradi, uning xujjatlarini imzo qo‘yib tasdiqlaydi;

    yangi texnologiyalar va texnikalarni joriy qilish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, bunda yangiliklarni o‘zlashtirishga yuqori darajadagi qobiliyatli ilmiy va intellektual salohiyatdan samarali foydalanish choralarini ko‘radi;

    davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirishni, shu jumladan, ularni to‘plash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor bo‘lishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi;

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaralar yaqinidagi muammolarni hal etish, nolegal migratsiyaga qarshi kurashish, tuman hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bog‘liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;

     

    Hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, tuman mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo‘jaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‘l xo‘jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o‘z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.

    Tuman hokimligi boshqaruv apparati to‘g‘risidagi Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ish ko‘radi.

    Quyidagi komissiyalar va kengashlar ishiga rahbarlik qiladi:

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-son Farmoni amalga oshirilishi bo‘yicha

    chora-tadbirlar bajarilishini muvofiqlashtiruvchi tuman komissiyasi;

    Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining tuman kuzatuv Kengashi;

    Yoshlar masalalari bo‘yicha tuman idoralararo Kengashi;

    Tuman Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi;

    Geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi;

    Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya;

    Tuman hokimligi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyasi;

    Tumanda epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasi;

    Davlat mulkini investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar evaziga investorlarga tanlov asosida “nol” xarid qiymatida sotish bo‘yicha tuman tanlov komissiyasi;

    Yer tanlash va ajratish komissiyasi (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman komissiyasi;

    Toshqinga qarshi kurash bo‘yicha tuman komissiyasi;

    Tumanda bolalarni yozgi sog‘lomlashtirish va dam oldirish komissiyasi;

    Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya berish bo‘yicha tuman komissiyasi;

    Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha komissiyasi;

    Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan komissiya;

    Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini

    2018/2019 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman komissiyasi;

    Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi;

    Kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman Kengashi;

    Tanosil kasalliklariga qarshi kurashish tuman idoralararo komissiyasi;

    Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya;

    OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman komissiyasi;

    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tuman Kengashi;

    qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa komissiyalar va kengashlar.

    O‘z vakolati doirasida quyidagi tashkilotlarning tegishli masalalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

    Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘limi;

    tuman prokuraturasi;

    tuman ichki ishlar bo‘limi;

    tuman adliya bo‘limi;

    jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi;

    fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudi;

    tuman Ma’muriy sudi;

    tuman mudofaa ishlari bo‘limi;

    boshqa huquqni muhofaza qilish organlari.