2023-yil davlat dasturi asosida bajarilgan ishlar ochiqlandi
O‘tkazilgan matbuot anjumanida tuman hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jo‘rabek Suyunov ishtirok etdi.
- 2023 yilda sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish yo‘nalishlarida umumiy qiymati 4 trln 327,8 mlrd. so‘mlik 152 ta loyihalar ishga tushirilib, 2653 ta yangi ish o‘rnlari yaratildi va belgilangan reja 135 foizga bajarildi, - deya ta’kidladi anjumanda J.Suyunov. - Ushbu loyihalarga 2 trln. 461,1 mlrd. so‘mlik loyiha tashabbuskorining o‘z mablag‘lari, 104,1 mlrd. so‘mlik bank kreditlari, 137,3 mln. AQSh dollari xorijiy kreditlar va 10,5 mln. AQSh dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yo‘naltirildi.
Jumladan, 1-sektor xududidagi "Nurli kelajak ishonch servis" MChJning umumiy qiymati 787,5 mlrd.so‘m bo‘lgan “Zamonaviy savdo kompleksini barpo etish” loyihasida 250 ta, "Sam Rafoat Tekstil" MChJning qiymati 58,0 mlrd.so‘mlik matras va pokrival ishlab chiqarish fabrikasini qurish loyihasi foydalanishga qabul qilinib 102 ta, "Samarkand Touristic Centre" MChJning umumiy qiymati 1125,0 mlrd.so‘m bo‘lgan “EKSPO markaz barpo etish” loyihasida 700 ta shuningdek, "Kelajak press" MChJning qiymati 3,2 mlrd.so‘mlik nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etish loyihasi ishga tushirilib 12 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
2024 yilda sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish yo‘nalishlarida umumiy qiymati 4 trln. 650,8 mlrd. so‘mlik jami 163 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 2792 ta yangi ish o‘rinlarini yaratilishi rejalashtirilgan.
Anjuman savol javob tariqasida davom etdi.