2023-yil tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida qanday yutuqlarga erishildi?
Bu haqda “Gulobod tongi” gazetasi tahririyatida o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z yuritildi.
- Samarqand tumanining umumiy yer maydoni 19 883,6 gektar bo‘lib, shundan qishloq xo‘jaligida foydalanaladigan yerlar jami 15 674,6 gektarni tashkil etadi, - dedi tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sadullo Uzoqov anjumanda. – 4796 gektar sug‘orib, haydaladigan yer maydonlariga 2023-yil hosili uchun 1885 gektar g‘alla, 1506 gektar sabzavot, 700 gektar kartoshka, 612 gektar ozuqa ekinlar ekildi.
Tumanda 2023-yil hosili uchun 1885 gektar maydonga boshoqli don ekinlari ekilib, 12145 tonna g‘alla olindi. 1506 gektar asosiy maydonga sabzavot ekinlari ekilib, 42168 tonna mahsulot olidi. Shundan 400 gektar maydonda intensiv usulda 1800 tonna sabzavot mahsulotlari yetishtirildi.
Qolaversa, 2023-yilda 700 gektar maydondan 14000 tonna kartoshka mahsuloti yetishtildi hamda g‘alladan bo‘shagan 1100 gektar maydonga kartoshka ekilib, 18700 tonna hosil olindi. Bundan 2023-yilda takroriy ekin sifatida 783 tonna dukkakli mahsulotlar, 39083 tonna meva 42200 tonna uzum maxsulotlarini yetishtirib aholi dasturxoniga yetkazib beridi.
Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, 2023-yilda tumanda 81 gektar eski, samarasiz, kam hosilli bog‘ va tok maydonlari o‘rniga yangi zamonaviy intensiv bog‘ va tokzor barpo qilidi.
Bundan tashqari tumandagi 51,954 ming ta aholi tomorqalarining 3130 gektar ekin maydonida almashlab ekish orqali jami 3130 gektar, shundan 2424 gektar erta bahorgi, 1781 gektar takroriy hamda 3021 gektar to‘qsonbosti usulida ekinlar ekildi. Bu esa o‘tgan yilga nisbatan 10,3 foizga ko‘paydi.
Tuman bo‘yicha 9025 ta aholi tomorqalarida plyonka ostida to‘qsonbosti va ertaki ekinlar yetishtirilishi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, yil davomida uch marta hosil olishga imkon beradigan 1004 ixcham issiqxonalar tashkil etildi.
Anjuman davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.