2023-yilda 18 ta loyiha doirasida 25,9 million AQSh dollari o‘zlashtirildi
Tuman hokimligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2023-yilda Davlat dasturi asosida bajarilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar ochiqlandi.
Unda tuman hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jo‘rabek Suyunov ishtirok etdi.
2023-yilda 18 ta loyiha doirasida 25,9 mln. AQSh dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi. Bu ko‘rsatkich 2023 yil uchun belgilangan rejaga nisbatan 115 foizni tashkil etdi.
Misol uchun, "Intramed" MCHJ tomonidan “Zamonoviy tibbiy xizmat ko‘rsatish” 9,3 mln. AQSh dollar, "Sam Rafoat Tekstil" MChJ tomonidan “Pardalar uchun mato ishlab chiqarishni tashkil etish” 3,1 mln. AQSh dollar, MCHJ shaklidagi "Samfrut" qo‘shma korxonasi tomonidan “Qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash” 1,3 mln. AQSh dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.
Bundan tashqari 2023-yilda sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish yo‘nalishlarida umumiy qiymati 3 trln. 436,1 mlrd. so‘mlik jami 113 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 1835 ta yangi ish o‘rinlarini yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, 2023 yilning yanvar-dekabr oylarida umumiy qiymati 4 trln 327,8 mlrd. so‘mlik 152 ta loyihalar ishga tushirilib, 2653 ta yangi ish o‘rnlari yaratildi va belgilangan reja 135 foizga bajarildi.
Ushbu loyihalarga 2 trln. 461,1 mlrd. so‘mlik loyiha tashabbuskorining o‘z mablag‘lari, 104,1 mlrd. so‘mlik bank kreditlari, 137,3 mln. dollar xorijiy kreditlar va 10,5 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yo‘naltirildi.
Jumladan, "Nurli kelajak ishonch servis" MChJning umumiy qiymati 787,5 mlrd.sum bo‘lgan “Zamonaviy savdo kompleksini barpo etish” loyihasida 250 ta, "Sam Rafoat Tekstil" MChJning qiymati 58,0 mlrd. so‘mlik matras va pokrival ishlab chiqarish fabrikasini qurish loyihasi foydalanishga qabul qilinib, 102 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Anjumanda eksport ko‘rsatkichlarini bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etildiki, 2023-yilda 63 ta eksportyor korxonalar tomonidan 33 dan ortiq davlatlarga, 157 turdagi jami 71,8 mln. AQSh dollar qiymatidagi sanoat va qishloq ho‘jaligi mahsulotlari eksportga chiqarilib, 2023-yil uchun belgilangan reja 79,2 foizga bajarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 103,8 foizni tashkil etdi.
Shundan, sanoat mahsulotlari hisobidan 35,9 mln. AQSh dollar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisobidan 35,9 ming AQSh dollar qiymatidagi mahsulotlar eksportga chiqarildi.
Anjuman dovamida ishtirokchilar sohaga oid savollariga javob olishdi.