insurez
06-06-2024 10:31

2024-yilda 4 trln. 650,8 mlrd. so‘mlik jami 163 ta loyihalar amalga oshirilishi belgilangan


Samarqand tumani hokimligida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda tuman hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari jo‘rabek Suyunov ishtirok etdi.

Samarqand tumanida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport hajmlarini ko‘paytirish va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha 2023 yilda salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2023 yilda jami 18 ta loyihalar doirasida 25,9 mln. AQSh dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi. Shundan, 1-sektor hududida 7 ta loyihalar doirasida 8,6 mln. AQSh dollar, 2-sektor hududida 5 ta loyihalar doirasida 5,0 mln. AQSh dollar, 3-sektor hududida 2 ta loyihalar doirasida 9,3 mln. AQSh dollar va 4-sektor hududida 4 ta loyihalar doirasida 3,0 mln. AQSh dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.

Misol uchun, "Intramed" MChJ tomonidan zamonoviy tibbiy xizmat ko‘rsatish 9,3 mln. AQSh dollar, MChJ "Samarqand Aria Baron" QK tomonidan “Sendvich panel va metal konstruksiyalari ishlab chiqarish” 4,9 mln. AQSh dollar, "Sam Rafoat Tekstil" MChJ tomonidan pardalar uchun mato ishlab chiqarishni tashkil etish 3,1 mln. AQSh dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.

2024 yilda jami 21 ta loyihalar doirasida 114,0 mln. AQSh dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar o‘zlashtirilishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davriga nisbatan 440 foizni tashkil etadi. 

Bundan tashqari 2024 yilda sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish yo‘nalishlarida umumiy qiymati 4 trln. 650,8 mlrd. so‘mlik jami 163 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 2792 ta yangi ish o‘rinlarini yaratilishi rejalashtirilgan.

2024 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2463,5 mlrd. so‘mni tashkil etilishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davriga nisbatan 111,3 foizni tashkil etadi.

Tadbirda ishtirokchilar savollariga batafsil javob olishdi.

Teglar
- -